Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Islom Kenjaboyev: “Bo‘lajak bahs qiziqarli kechadi degan umiddaman”

Islom Kenjaboyev: “Bo‘lajak bahs qiziqarli kechadi degan umiddaman”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “So‘g‘diyona” o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 22 yoshli mahoratli yarim himoyachisi Islom Kenjaboyev bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Xabaringiz bor, jamoamiz joriy mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ygan. Shuningdek, bo‘lajak raqibimiz “So‘g‘diyona” ham amaldagi vise-chempion va bu yil ham yaxshi o‘yin namoyish etmoqda hamda ayni paytda turnir jadvalining 3-pog‘onasida bormoqda. Klubimiz esa o‘zingizga ma’lum, 4-o‘rinda.

Bundan kelib chiqadiki, bo‘lajak uchrashuv turnir jadvalida qo‘shni bo‘lgan jamoalar o‘rtasidagi 5-turning markaziy o‘yini bo‘ladi. Shu bois, jizzaxliklarga qarshi kechadigan bahs qiziqarli, shiddatli,keskin kurashlar ostida kechadi, degan umiddaman.          

Xudoga shukr,O‘zbekiston kubogining guruh bosqichi o‘yinlarini yuz foizlik natija qayd etgan holda, peshqadam sifatida yakunladik. Endi g‘alabali odimimizni Superliga o‘yinlarida ham davom ettirish niyatidamiz. Fursatdan foydalanib, muxlislarga mazkur muqaddas Ramazon oyidagi ibodatlarini Alloh o‘z dargohida qabul qilishini tilab, yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan tabriklayman.        

Ishqibozlardan bo‘lajak bahsda stadionga ko‘proq tashrif buyurib, jamoamizni bevosita stadionda qo‘llab-quvvatlab, biz – futbolchilarga madadkor bo‘lishlarini so‘rayman.

Biz esa muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlariga yarasha maydonda munosib to‘p tepib, ularga quvonch ulashishga intilamiz hamda g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 02:51, 24.04.2022.
O'qildi: 2008 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик