Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

«MYU» YECHL uchun kurashdan chiqib ketdimi? — asosiy aybdor kim?

«MYU» YECHL uchun kurashdan chiqib ketdimi? — asosiy aybdor kim?

Baho:
+ | -

Ayni dam Premyer-liganing kuchli to‘rtligiga kirish uchun ikki da’vogar mavjud.

Shimoliy London klublari kelasi mavsumda Chempionlar ligasida qatnashish uchun o‘zaro kurash olib boradi. «Arsenal»ning «Manchester Yunayted» ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng buni deyarli rasman aytish mumkin. Manchesterda ham Chempionlar ligasi uchun imkoniyat bor, lekin faqat shaharning «ko‘k» qismi uchungina. Erik ten Xag «Yunayted» boshqaruvidagi debyut mavsumini Konferensiyalar ligasida boshlashi mumkin. Balki o‘z tarixida yangi sahifani ochmoqchi bo‘lgan jamoa uchun bu eng yaxshi imkoniyatdir. «Manchester Yunayted» muxlislari uchun boshqa tinchlantiruvchi gaplar o‘ylab topish qiyin.

«Arsenal» maydonidagi o‘yin kuchli to‘rtlik uchun kurash nuqtayi nazaridan hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. «Kanonirlar»ning muvaffaqiyatidan so‘ng turnir jadvalida quyidagi holatni ko‘rish mumkin: «Arsenal» to‘rtinchi (60), «Tottenxem» beshinchi (57), «Manchester Yunayted» (54) va «Vest Xem» (53) mos ravishda keyingi o‘rinlarni band etishgan. «Qizil iblislar» mavsum yakunlanishiga to‘rt tur qolganida to‘rtinchi o‘rindan olti ochko ortda qolmoqda, ammo bu to‘liq kartinani tasavvur qilish uchun kifoya qilmaydi. Chunki «Arsenal» «MYU»dan bir o‘yin kam o‘tkazdi va «Tottenxem»da ikkita ortiqcha o‘yin bor.

«Shporlar» bugun qo‘shnilari «Brentford»ni mag‘lub etishning uddasidan chiqolmadi. Ammo «Manchester Yunayted»ning Chempionlar Ligasiga yo‘l olishi deyarli imkonsiz. Shimoliy Londonning ikkala klubi ham bu borada peshqadamlikni yo‘qotishi uchun mo‘’jiza ro‘y berishi kerak. «Arsenal» va «Tottenxem» xatoga yo‘l qo‘yib, asosiy raqibiga umid bera boshlagan taqdirda ham, xolis bo‘lishimiz kerak. «MYU» so‘nggi besh turda faqat «Norvich» ustidan g‘alaba qozonishning uddasidan chiqdi xolos.

Ikkita tartibsiz jamoalar uchrashuvida omad «Arsenal»ga ko‘proq kulib boqqandek

«Arsenal» kecha muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Mikel Arteta jamoasi hozirgi raqiblaridan farqli o‘laroq, mavsumni ijobiy natija bilan yakunlash imkoniyatiga ega, Emireytsdagi o‘yin esa «Arsenal» va «Manchester Yunayted» uchun hozirgi holatida mutlaqo normal tus oldi. «Kanonirlar»ga so‘nggi ikki uchrashuvda biroz omad kulib boqqani ham bor gap. Arteta shogirdlariga «Chelsi» va «MYU» kabi grand jamoalarga qarshi bahslarda g‘alaba qozonish oson bo‘lmadi, albatta.

«Arsenal» «Manchester Yunayted»ning himoyadagi qo‘pol xatosi tufayli tezda hisobni ochdi va yarim soat ichida o‘z ustunligini ikki barobarga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bir epizodda Nketianing goli VAR yordamida bekor qilindi va penalti belgilandi. Bukayo Saka ikkinchi imkoniyatdan foydalandi va baribir hisobni 2:0ga yetkazdi. «Arsenal»ning ikki goli orasida «Manchester Yunayted» ortga qaytish uchun bir nechta imkoniyatga ega bo‘ldi. Ramzdeylning xatosi deyarli katta muammoga aylangan edi, Dalot darvoza to‘sinini nishonga oldi. Bir vaziyatda Elangaga nisbatan «Arsenal» futbolchilari o‘z jarima maydonlari ichida ancha qo‘pol o‘ynashdi. Biroq «qizil iblislar» o‘zlari yaratgan xavfli hujumlarni golga aylantirishda ancha sust harakat qilishdi.

Kreyg Pouson mezbonlar to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun «Arsenal» darvozasiga penalti belgiladi (bu safar Tavarish aybdor), ammo katta vazifani o‘z zimmasiga olgan Fernandesh darvoza to‘sinini nishonga oldi. Krishtianu Ronaldu maydondaligida joriy mavsum hisobidan Bruno ikkinchi marta penaltini aniq tepa olmadi. Birinchi marta bu «Old Trafford»da «Aston Villa»ga qarshi bahsda sodir bo‘lgan edi. Birinchi bo‘limda KriRoning o‘zi gol urdi, ikkinchi bo‘limda ham u darvozani ishg‘ol qilgan edi, biroq kichik santimetrlik ofsayd tufayli gol bekor qilindi. Shundan so‘ng Jakaning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan zarbasi o‘yinga nuqta qo‘yib berdi. Granit taxminan 27 metrlardan to‘pni De Xea darvozasiga joylab qo‘ydi va yakuniy hisobni o‘rnatdi - 3:1.

Faktlar va raqamlar

- Krishtianu Ronaldu «Arsenal»ga qarshi o‘zining Premyer-ligadagi 100-golini urdi va «Manchester Yunayted» libosida 100 ta gol urgan to‘rtinchi futbolchiga aylandi (Giggz, Skoulz va Runidan keyin). Bundan tashqari, portugaliyalik futbolchi Premyer-liga va Ispaniya La ligasida 100 ta gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga ham aylandi.

«Manchester Yunayted» sardori Xarri Maguayr bu safar zaxira o‘rindig‘ida qoldirildi. Himoyachi mavsumni dahshatli tarzda qo‘pol xatolar bilan o‘tkazmoqda va «Arsenal» bilan uchrashuv arafasida Maguayrga qasos bilan tahdid qilingani ma’lum bo‘ldi: Xarri agar 72 soat ichida «Manchester Yunayted»ni tark etmasa, uning uyiga bomba qo‘yishlari aytildi.

- O‘tgan mavsumda «Arsenal» APLda 61 ochko (8-o‘rin) to‘plagan edi. «Kanonirlar» mavsum yakuniga yana beshta o‘yin qolganida 60 ochkoga ega.

- Bruno Fernandesh «Manchester Yunayted»ning qariyb chorak asr ichida Premyer-liganing bir mavsumida ketma-ket ikkita penaltidan foydalana olmagan birinchi futbolchisiga aylandi. Bu oxirgi marta Teddi Sheringem bilan 1997/98 yilgi mavsumda sodir bo‘lgan edi. Har ikki holatda ham portugaliyaliklar mo‘ljalni o‘tkazib yuborgani muhim ahamiyatga ega.

Ralf Rangnik jamoasi Angliya chempionatida ketma-ket to‘rtta mehmondagi bahsda mag‘lub bo‘ldi: seriya 6 mart kuni «Manchester Siti»dan uchralgan mag‘lubiyat (1:4) bilan boshlandi, «Everton» (0:1), «Liverpul» (0:4) bilan o‘yinlardagi muvaffaqiyatsizliklar bilan davom etdi va Arsenal (1:3) bilan tugashiga umid qilamiz. «Manchester Yunayted» bilan oxirgi marta bunday holat 41 yil oldin sodir bo‘lgan: 1980 yilning dekabridan 1981 yilning martigacha ular ketma-ket oltita o‘yinda mag‘lub bo‘lishgan.

- Granit Jaka «Manchester Yunayted» darvozasiga uchta gol urdi, barchasi jarima maydoni tashqarisidan amalga oshirildi. Premyer-ligada hech kim Jakadan ko‘ra uzoqroq masofadagi zarbalar bilan «qizil iblislar»ni xafa qilgani yo‘q.

Kiritildi: 06:59, 24.04.2022.
O'qildi: 4735 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.