Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

OCHL. «Nasaf»ning pley-offga chiqish imkoniyatlari haqida

OCHL. «Nasaf»ning pley-offga chiqish imkoniyatlari haqida

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasi G‘arb mintaqasida guruh bosqichi yakunlanishiga bir tur qoldi. "Paxtakor" pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini qo‘ldan chiqarib bo‘lgan bo‘lsa, "Nasaf" esa bunday imkoniyatni saqlab turibdi. Qarshiliklarning so‘nggi tur oldidan nimchorak final bosqichiga chiqish imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz.

 №

 Jamoalar

 O‘

 Yu

 D

 M

 T - N

 Ochko

1

Al-Faysaliy

5

2

3

0

5-3

9

2

Nasaf

5

2

2

1

6-3

8

4

Al-Vihdat

5

1

2

2

7-10

5

3

As-Sadd

5

1

1

3

9-11

4


Xabaringiz bor, guruh g‘oliblari hamda G‘arb mintaqasidagi 5ta guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 3ta klub pley-off yo‘llanmasiga ega bo‘lishadi. "E" guruhida ishtirok etayotgan "Nasaf" 8 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Saudiya Arabistonining "Al-Faysaliy" klubi esa 9 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. 6-turda qarshiliklar Iordaniyaning "Al-Vihdat" klubi bilan to‘qnash kelsa, "Faysaliy" Qatarning "As-Sadd" jamoasini sinovdan o‘tkazadi.

1-variant. "Nasaf" 6-turda g‘alaba qozonsa:

A) "Al-Faysaliy" Qatar chempioni bilan o‘yinda ochko yo‘qotsa, "Nasaf" 11 ochko bilan guruh g‘olibiga aylanadi. Natijada Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi ortiqcha shartlarsiz plef-off bosqichiga yo‘l oladi.

B) "Al-Faysaliy" so‘nggi turda g‘alaba qozonsa, "Nasaf" 11 ochko bilan guruhda 2-o‘rinni egallaydi. Qarshiliklar ayni paytda 2-o‘rinni egallab turganlar orasida 3-pog‘onani band etib turishibdi. "Al-Vihdat" ustidan qozonilajak g‘alaba "Nasaf"ni quyidagi reytingda kamida kuchli uchlikda olib qoladi.

Guruh

Jamoalar

 O‘ 

 Yu 

 D 

 M 

  T - N

 Ochko

1

 "A"

Ar-Rayyan (Qatar)

5

3

1

1

8-7

10

2

 "C"

Shabab al-Ahli (BAA)

5

2

3

0

13-6

9

3

 "E"

Nasaf (O‘zbekiston)

5

2

2

1

6-3

8

4

 "D"

At-Ta’vun (S.Arabistoni)

5

2

1

2

9-7

7

5

 "B"

Al-Quva al-Javiya (Iroq)

5

2

1

2

7-9

7


Natijada jamoamiz nimchorak finalga chiqadi.

2-variant. "Nasaf" 6-turda durang o‘ynasa:

Qarshiliklar o‘z ochkolarini 9 ochkoga yetkazishadi. Bunday holatda jamoamiz guruh g‘olibiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan chiqaradi. Boisi, "Faysaliy" so‘nggi turda yutqazsa ham o‘zaro o‘yinga ko‘ra "Nasaf"dan ustun bo‘ladi. Berdiyev jamoasi 2-o‘rinni egallaydigan jamoalar reytingida kuchli uchlikda qolishi uchun kamida 2ta guruhdagi raqobatchi oxirgi turda g‘alaba qozonmasligi kerak.

Masalan, "B" guruhida ishtirok etayotgan Iroqning "Al-Quva al-Javiya" klubi Hindistonning "Mumbay Siti" jamoasiga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotishi talab etiladi. Bundan tashqari, "D" guruhida 2ta jamoada 2-o‘rinni egallash imkoniyati bor. "At-Ta’vun" va "Sepahon" 7 ochko jamg‘arib turishibdi. Eronliklar so‘nggi turda guruh g‘olibligini qo‘lga kiritgan "Duhayl" bilan to‘qnash kelishsa, saudiyaliklar "Paxtakor"ga qarshi maydonga chiqishadi. Toshkentliklar bu o‘yinda "Ta’vun"dan ochko tortib olib, "Nasaf"ga yordam qo‘lini cho‘zishi kerak bo‘ladi.

3-variant. "Nasaf" 6-turda mag‘lubiyatga uchrasa:

A) Qarshiliklar so‘nggi turda "Al-Vihdat"ga 3ta to‘p farqi bilan yutqazishsa, guruhda 3-o‘ringa tushib ketishadi va keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini to‘la yo‘qotishadi.

B) Bitta yoki ikkita to‘p farqidagi mag‘lubiyat esa "Nasaf"ni guruhda 2-o‘rinda olib qoladi. Klubimiz pley-offga chiqishi uchun 2-variantdagi jamoalarning barchasi — "Al-Quva al-Javiya", "At-Ta’vun" va "Sepahon" klublari 6-turda mag‘lubiyatga uchrashi talab etiladi. Boisi, oxirgi turdagi mag‘lubiyat sabab "Nasaf"ning to‘plar farqi ko‘rsatkichi yomonlashadi hamda yuqoridagi jamoalar orasida "At-Ta’vun" 6-turda durang o‘ynasa ham ochkolar bo‘yicha o‘zbek klubi bilan tenglashib oladi. Saudiyaliklar eng kamida urilgan gollar soni bo‘yicha "Nasaf"dan oldinga o‘tib olishadi (kecha "As-Sadd" gol urmagani yaxshi edi).  

Yaxshi jihat
"Nasaf" uchun bitta yaxshi jihat bor. Jamoamiz so‘nggi turni yuqoridagi raqiblarga nisbatan bir kun keyin o‘tkazishadi. Ya’ni 6-tur o‘yini oldidan qarshiliklarni qanday natija qanoatlantirishi aniq bo‘lib ulguradi. Ya’ni yuqoridagi variantlardan bir nechtasi chiqib ketadi. Shu bois, 26 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan 3ta guruhdagi o‘yinlardan so‘ng ushbu mavzuga yana qaytamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:16, 24.04.2022.
O'qildi: 9005 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.