"Sautgempton" ustozi Ralf Xazenxyuttl jamoa futbolchisi Tino Livramentoning jarohati haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:
"Men sizga tekshiruvdan oldin birir nima deya olmayman. Ammo jarohat o‘ta jiddiy ko‘rinmoqda. Haligacha aniq ma’lumot olganimiz yo‘q. Jarohatning jiddiylik darajasi yuqori ekanini bilamiz. Umid qilamizki, u maydonga kuchliroq bo‘lib qaytadi".
Yosh himoyachi "Brayton"ga qarshi bahsning 32 daqiqasida tizzasidan jarohat olib maydonni tark etgan edi. Livramento katta ehtimol bilan mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.