Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

«Kamp Nou»dagi drama, «Atletiko» fojeasi va «Bavariya» «kushandasi» yoxud «Real Madrid»ning YECHL yarim finallaridagi ishtiroki qanday?

«Kamp Nou»dagi drama, «Atletiko» fojeasi va «Bavariya» «kushandasi» yoxud «Real Madrid»ning YECHL yarim finallaridagi ishtiroki qanday?

Baho:
+ | -

Hech qanday mubolag‘a yo‘qki, «Real» Chempionlar ligasi va yevrokuboklardagi eng nomdor va eng muvaffaqiyat qozongan klub hisoblanadi.

Madrid jamoasi — 13 marta kubokni qo‘lga kiritgan yagona klub. Ertaga ham Anchelotti shogirdlari Chempionlar Ligasi yarim finalidagi nabatdagi uchrashuvini o‘tkazadi. «Qirollik klubi» final yo‘llanmasi uchun «Manchester Siti»ga qarshi kurash olib boradi.

Shu sabab musobaqa Chempionlar ligasi deb atala boshlagandan keyin «qaymoqranglilar»ning turnir yarim finalda qayd etgan natijalariga biroz to‘xtalishga qaror qildik. 

1998 yil

Raqib: «Borussiya Dortmund»
Yakuniy natija: final yo‘llanmasi

«Real Madrid» uzoq vaqt davomida Chempionlar ligasida debyut o‘tkaza olmadi, chunki 90 yillarning birinchi yarmi klub uchun omadsiz davrlar edi. Turnir Chempionlar ligasi deb atala boshlaganidan keyin, aniqrog‘i 1998 yilda Madrid grandi ilk bor Chempionlar ligasi yarim finaliga yo‘l olishdi.

Ushbu bosqichda «Real»ning raqibi Germaniyaning «Borussiya D» klubi edi. Birinchi o‘yinda yosh Fernando Moryentes va Kristian Karambyoning gollari Madrid klubi uchun g‘alabani ta’minladi. Germaniyada kechgan o‘yinda esa«Real» golsiz durang o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi va bu ularga finalga chiqishgaimkon berdi.

Yakuniy uchrashuvda esa «qaymoqranglilar» «Yuventus» minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi.

2000 yil

Raqib: «Bavariya»
Yakuniy natija: final yo‘llanmasi

Ikki yil o‘tib, «Real» yana yarim finalga chiqdi va u yerda yana nemislarga qarshi maydonga tushdi, ammo Germaniyaning boshqa jamoasi, qudratli«Bavariya» edi. «Santyago Bernabeu»da «Real» Anyelkaning goli evaziga tezda hisobda oldinga chiqib oldi. Birinchi bo‘lim so‘nggida esa hisob 2:0 ko‘rinishiga keldi.

Javob o‘yinida esa «Bavariya» ham tezda hisobni ochdi, ammo Anyelka «Olimpiastdion»da ham gol urdi. Ikkinchi bo‘limda «Bavariya» bu bahsda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi, ammo umumiy hisobda mag‘lub bo‘ldi va «Real Madrid» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra finalga yo‘l oldi.

Hal qiluvchi o‘yinda «qirollik klubi»ga «Valensiya» qarshilik ko‘rsatishga harakat qildi, ammo bu bahs 3:0 hisobida yakunlandi.

2001 yil

Raqib: «Bavariya»
Yakuniy natija: mag‘lubiyat

«Real» bir yildan keyin yana «Bavariya» bilan yarim finalda duch keldi. Birinchi o‘yin yana «Santyago Bernabeu»da o‘tkazildi va unla myunxenliklar g‘alaba qozonishdi. Yagona gol ikkinchi bo‘lim boshida Elber tomonidan kiritildi.

Javob o‘yinida yana o‘sha Elber 8-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Jeremis 34-daqiqada jamoasining 2-golini kiritdi. Keyinchalik Figu gol urdi, ammo bu «Real»ga unchalik yordam bermadi. Umumiy hisob — 1:3.

2002 yil

Raqib: «Barselona»
Yakuniy natija: final yo‘llanmasi

Ehtimol, «el-klasiko» dunyodagi eng mashhur futbol uchrashuvlaridan biridir va u Chempionlar ligasining yarim finalida bo‘lsa, bundanda ajoyib.

20 yil oldin bu jamoalar «Kamp Nou»da to‘qnash kelishgan. Bu bahs haqiqiy jang, ko‘plab qoidabuzarliklar va sariq kartochkalar boy uchrashuv bo‘ldi. O‘yin «qaymoqranglilar»ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘lim boshida Zidan gol urdi, qo‘shib berilgan ikkinchi daqiqada esa Makmanaman kataloniyaliklar darvozasiga ikkinchi golni urdi.

Ikkinchi o‘yinda ham «Barsa» ishonchni oqlamadi. Tanaffus oldidan Raul hisobni ochdi, bu esa intrigani o‘ldirgandek bo‘ldi. Lekin avtogol muallifi bo‘lgan Ivan Elgera o‘yinni jonlantirdi. Ammo boshqa gol bo‘lmadi. Umumiy hisob — 3:1.

Finalda «Real» yaqqol favorit bo‘lsa-da,«Bayer»ga qarshi o‘yin qiyin kechdi. Ammo, Zinedin Zidanning kiritganajoyib goli esa Chempionlar ligasi finalini bezab berdi. Yakuniy natija — 2:1. «Real» foydasiga.

2003 yil

Raqib: «Yuventus»
Natija: mag‘lubiyat

2003 yilda «Real» yarim finalda «Yuventus» bilan to‘qnash kelgan. «Bernabeu»da ular Ronaldo va Roberto Karlosning gollari evaziga 2:1 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishdi.

Ammo Turinda Madridda ham gol urgan Trezege hisobni juda tez ochdi va tanaffusgacha Del Pyero jamoasining ikkinchi golini kiritdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Nedved gol urganida, «Real»da deyarli hech qanday imkoniyat qolmadi. Madridliklar ham javob qaytara oldi, lekin bir marta. Umumiy hisob — 3:4.

2011 yil

Raqib: «Barselona»
Yakuniy natija: mag‘lubiyat

«Real Madrid»ning Chempionlar Ligasi yarim finalidagi seriyasi sakkiz yil davomida to‘xtatildi va 2011 yilda ular yana bu bosqichga chiqishdi. Bu galgi raqib yana «Barselona» edi.

Birinchi o‘yin «Bernabeu»da bo‘lib o‘tdi. Kurash aql bovar qilmaydigan darajada kechdi, ikkinchi darvozabon Pinto zaxiradan chetlatildi, ikkinchi bo‘limda Pepe ham qizil kartochka ko‘rdi. Natijani esa oxirgi 15 daqiqada gol urgan Messining dubli hal qildi.

«Kamp Nou»da ham «Real» o‘ziga kelmadi. Ular Pedroning goliga Marseloning 1 goli bilan javob qaytarishdi.

2012 yil

Raqib: «Bavariya»
Yakuniy natija: mag‘lubiyat

Keyingi yili «Real Madrid» «Bavariya» bilan o‘ynashga majbur bo‘ldi. «Qaymoqranglilar» Myunxenda durang natijaga erishishga yaqin kelgan edi,ammo yakunda Mario Gomes gol urib jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Madridda Krishtianu Ronaldu tezda «Real» ushbu bosqichda musobaqani tark etishniistamasligini isbotlab berdi va 15-daqiqagachaikkita gol urdi. Robben birinchi bo‘lim o‘rtalarida ikkita o‘yin natijasiga ko‘ra tenglikni o‘rnatdi va ma’lum bo‘lishicha, bu hisob tabloda 120-daqiqagacha saqlanib qoldi.

Penaltilar  seriyasida Ronaldu, Kaka va Ramos zarbalarini golga aylantira olishmadi, bu esa «Bavariya»ga g‘alaba qozonib, finalga chiqish imkonini berdi.

2013 yil

Raqib: «Borussiya Dortmund»
Yakuniy natija: mag‘lubiyat

«Real» ketma-ket uchinchi marta yarim finalga chiqdi va yana Germaniya klubiga qarshi o‘ynadi. Ularning navbatdagi raqibi «Borussiya Dortmund» edi. Safarda kechgan o‘yinda Chempionlar ligasi tarixidagi eng mashhur «qotillik»lardan biri sodir bo‘ldi. Robert Levandovski bir uchrashuvda madridliklar darvozasiga to‘rt marta gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi (4:1).

«Real Madrid»da bunday natijani yo‘qqa chiqarishining imkoni yo‘q edi., ammo ular baribir harakat qilishdi. Ular javob o‘yinida ikki marta gol urishdi, lekin buni uchrashuvning oxirida amalga oshirishdi. Uchinchi golga esa vaqt yetmay qoldi.

2014 yil

Raqib: «Bavariya»
Yakuniy natija: final yo‘llanmasi

Madrid klubi yana yarim finalda nemislar bilan o‘ynashlari kerak edi va yana «Bavariya»ga qarshi. «Real Madrid» ketma-ket uchinchi urinishda finalga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. O‘z maydonida Benzemaning goli evaziga minimal hisobdagi g‘alabaga erishildi.

Ammo javob o‘yinida «Real» birinchi bo‘limdayoq 3 marta gol urib, masalalarni hal qildi. Yakunda esa ular to‘rtinchi golni urishga ham muvaffaq bo‘lishdi. Umumiy hisob — 5:0.

Chempionlar ligasi finalida shunchaki aql bovar qilmaydigan natija sodir bo‘ldi. «Atletiko» g‘alabaga imkon qadar yaqin edi, biroq 90+3-daqiqada Ramos gol uridi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa «Real Madrid» «yarador hayvon»ni allaqachon «o‘ldirib» bo‘lgandi.

2015 yil

Raqib: «Yuventus»
Yakuniy natija: mag‘lubiyat

«Real Madrid»ning yarim finallari ketma-ket yillar davomida to‘xtamayapti. 2015 yilda madridliklar finalda «Barselona»ga qarshi o‘ynashi mumkin edi, ammo «Yuventus» to‘sig‘idan o‘ta olmadi.

Ronaldu ikkala o‘yinda ham gol urdi, biroq uning gollariga Alvaro Morata javob qaytardi, yana bir golga Karlos Teves mualliflik qildi. Turindagi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat va Madriddagi 1:1 hisobidagi durang – «Yuventus» finalga chiqdi.

2016 yil

Raqib: «Manchester Siti»
Yakuniy natija: g‘alaba

«Shaharliklar» orzu qilgan kubokga juda yaqinlashishdi, ammo «Real Madrid» ularning yo‘liga to‘sqinlik qildi. Futbol olami bu jamoalarning o‘yinida juda kuchli qarama-qarshilikni kutishgandi, ammo o‘yin taqdirini Fernandoning ikkinchi o‘yindagi yagona avtogoli belgilab berdi va shu tufayli «qaymoqranglilar» finalga chiqdi.

Hal qiluvchi bahsda «Real» yana «Atletiko» bilan to‘qnash keldi. Kubok taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘ldi. Unda «qaymoqranglilar» g‘alaba qozondi — 1:1 (penaltilar bo‘yicha 5:3).

2017 yil

Raqib: «Atletiko Madrid»
Yakuniy natija: g‘alaba.

Madrid klublari yana Chempionlar ligasi pley-off bosqichining hal qiluvchi bosqichlaridan birida to‘qnash kelishdi. Xuddi shu qarama-qarshilikda hammasi birinchi o‘yinda hal bo‘ldi, chunki «Real Madrid» Krishtianu Ronalduning xet-triki evaziga «matraschilar»ni mag‘lub etdi - 3:0. Javob o‘yinida «Atletiko» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi, ammo bu juda kam edi.

Turnir finalida «Real» Turinning «Yuventus» jamoasi bilan to‘qnash keldi va unda ham yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi – 4:1. Ispaniya klubi Manjukichning goliga Ronalduning dubli, Kazemiro va Asensioning gollari bilan javob qaytardi.

2018 yil

Raqib: «Bavariya»
Yakuniy natija: g‘alaba

Ushbu futbol spektakli 2018 yilda «Real Madrid» va «Bavariya» tomonidan tomoshabinlarga taqdim etilgan. Germaniyada bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinda madridliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishdi. Myunxenliklar safida Kimmix gol urdi, ammo «Real» safida Marselo va Asensio jamoasig g‘alaba keltirdi.

Jamoalarning javob o‘yini durang bilan yakunlandi – 2:2. «Bavariya» safida Kimmix va Xames Rodriges gol urishdi, ammo «Real»Benzema ikki goli evaziga javob qaytardi.

Finalda «Real» «Liverpul» bilan to‘qnash keldi. Kiyevda bo‘lib o‘tgan uchrashuv ko‘pchilikning xotirasidan joy oldi. Unda Kariusning xatolari, Beylning fenomenal gollari, mersisaydliklar uchun drama va fojia, ammo «Real Madrid» ketma-ket uchinchi yil Yevropaning eng yaxshi klubiga aylandi.

2021 yil

Raqib: «Chelsi»
Yakuniy natija: mag‘lubiyat

Madrid klubi o‘tgan mavsumda finalga chiqishga yaqin qolgandi, ammo «Chelsi» ularning yo‘lida to‘sqinlik qildi. London klubi kutilganidan kuchliroq o‘yin namoyish etishdi va natijada ular kichik sensasiya qilishga muvaffaq bo‘lishdi. Dastlabki o‘yinda jamoalar durang o‘ynagan bo‘lsa, javob o‘yinida «ko‘klar» «Real»ni mag‘lub etishdi – 2:0.

Chempionlar ligasi finalida «Chelsi» «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushdi. Kubok taqdirini faqat Havers kiritgan bitta gol hal qildi.

Natija

Yarim finaldagi jami ishtiroklar: 15 (hozirgi bilan birga)
Muvaffaqiyatli yakunlangan yarim final: 7
Finaldagi g‘alabalar: 7 (100%)

«Real Madrid» Chempionlar ligasi yarim finalining eng tajribali ishtirokchisi hisoblanadi. Musobaqa nomini Chempionlar ligasiga o‘zgartirganidan beri ular musobaqaning deyarli yarmida ushbu bosqichga yetib kelishdi.

Qolaversa, ko‘plab yarim finallar orasida «qaymoqranglilar» 1/2da hozirgi raqibi - «Manchester Siti»ga qarshi o‘ynash bo‘yicha ijobiy natijaga ega.

Kiritildi: 21:50, 25.04.2022.
O'qildi: 10501 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.