Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Predrag Rogan: «Bu g‘alaba uchun 3 oy ishladik. Bu muvaffaqiyat butun jamoaniki»

Predrag Rogan: «Bu g‘alaba uchun 3 oy ishladik. Bu muvaffaqiyat butun jamoaniki»

Baho:
+ | -

Superliga 5-turi doirasidagi «Dinamo» - «Lokomotiv» uchrashuvida (3:1) Samarqand jamoasi Toshkent klubi ustidan muhim g‘alabaga erishgach, o‘yindan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Predrag Rogan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Jamoamizdagi yigitlar sovg‘a tayyorlashdi, bugungi g‘alaba ularniki. Ular ushbu g‘alaba uchun 3 oy ishlashdi. Avvalgi bahslarda omadimiz kelmay, yutqazganimizda ham ularga g‘alabalar oldinda ekanini aytgandim va bugun ular Superligada o‘ynay olishlarini isbotlashdi. Biz bu g‘alabani unutib, ertadan keyingi o‘yinlarga tayyorgarlikni boshlaymiz.

- Avvalgi o‘yinlar bilan taqqoslaganda tarkib va taktikada o‘zgarishlar bo‘ldi. Ayniqsa, yarimhimoyachi Yevgeniy Chumakni himoyada o‘ynashi kutilmagan qaror bo‘ldi...
- Chempionat boshlanganda biz hali hamma futbolchilarning ham imkoniyatlarini to‘liq bilmasdik va muammolarni o‘yindan-o‘yinga o‘tib, ko‘rib bordik. Bugungi o‘yin uslubimiz ustida biz uch hafta ishladik. Chumak yangi pozisiyada ham yaxshi o‘yin namoyish etdi, ammo jarohat oldi. Uning holati qanday bo‘lishini keyingi kunlarda ko‘ramiz.

- «Dinamo»ni navbatdagi o‘yinda 5 kundan keyin «Neftchi» kutib turibdi. Jamoa jismonan qanchalik tiklanishga ulguradi?
- Uzr, bugun biz faqat shu o‘yin haqida gapirib, keyingi o‘yin haqida ertadan o‘ylamoqchimiz. Ko‘rdingiz, Ibrohim Yo‘ldoshev va Yevgeniy Chumak jarohat oldi. Biz ularning tiklanish jarayoni qanday kechishini bilishimiz kerak.

Shunga qaramay, «Lokomotiv» bilan bahsdan keyin jamoamizda kayfiyat yaxshilandi, biz «Neftchi»ga qarshi o‘yinda ham katta ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko‘ramiz. Bugungi g‘alaba butun jamoaniki. Keyingi o‘yinlarda ham muxlislarni bugungidek xursand qilishga intilamiz. Samarqandlik muxlislar – men ko‘rgan eng yaxshi ishqibozlar! Ularga ajoyib muxlislik uchun rahmat aytaman.

Manba: "Динамо" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 22:30, 25.04.2022.
O'qildi: 1288 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик