"Reyms" futbolchisi yozda jamoani tark etadi. Xabarlarga ko‘ra, klub bosh direktori jamoa hujumchisi Yugo Ekitikening ketish ehtimoli borligi haqida gapirgan.
19 yoshli hujumchi bu mavsumda 10 ta gol hamda 2 ta assistga erishdi (23 ta o‘yinda). Fransiya yoshlar terma jamoasi a’zosi uchun "MYU", "Liverpul" hamda "Nyukasl" asosiy da’vogar sanaladi.