Kirish Ro'yxatdan o'tish

Isko «Betis» bilan shartnoma borasida kelishib oldi

Isko «Betis» bilan shartnoma borasida kelishib oldi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Isko «Betis» bilan shartnoma borasida kelishib oldi, deb xabar beradi AS.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik Andalusiya klubi bilan 2+1 sxemasi bo‘yicha shartnoma imzolaydi. Iskoning maoshi mavsumiga 10 million yevroni tashkil qiladi. Biroq yakuniy pul miqdori «Real Betis»ning kelasi mavsumda Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishiga bog‘liq bo‘ladi. Qolaversa, yarim himoyachi katta miqdorda shartnoma imzolaganlik uchun bonus oladi.

Isko «Real»da 2013 yildan buyon to‘p tepadi. Joriy mavsumda 30 yoshli futbolchi «qirollik klubi» safida 15 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 14:43, 26.04.2022.
O'qildi: 1361 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик