Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor 0-1 Surxon
04/09 19:00 Navbahor 1-1 Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf 6-2 Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor 3-0 Andijon
04/09 23:45 Jenoa 1-4 Komo
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
05/09 23:45 Roma - Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya

Superliga. «Olimpik» so‘nggi daqiqada penaltidan gol ura olmay, «Qizilqum»ga yutqazdi

Superliga. «Olimpik» so‘nggi daqiqada penaltidan gol ura olmay, «Qizilqum»ga yutqazdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionatining 5-turi doirasida debyutant — «Olimpik» klubi «Lokomotiv» stadionida joriy mavsum peshqadamlaridan bir «Qizilqum»ni qabul qildi.

Navoiyliklar bahsning 29-daqiqasida hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Shuhrat Muhammadiyev o‘ng qanotdan tezkorlik bilan raqiblar jarima maydoniga kirib keldi va aniq pas bilan Shoahmedovni qulay vaziyatga olib chiqdi. Sanjar to‘pni to‘xtatmasdan darvozaga mixlab qo‘ydi.

"Qizilqum" birinchi bo‘limning o‘zida ikkinchi golni urishga yaqin keldi. Stanislavlevich qulay vaziyatga chiqib bordi va darvozaga kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda hakam "Qizilqum" darvozasi tomon penalti belgiladi. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov tomonidan yo‘llangan zarbani Ignatiy Nesterov qaytarishga muvaffaq bo‘ldi va jamoasining 2 ochko yo‘qotishiga yo‘l qo‘ymadi.

Ushbu g‘alaba tufayli "Qizilqum" o‘z ochkolarini 13taga yetkazib, yakka peshqadamga aylandi.

Superliga. 5-tur
26 aprel, 18:30
"OLIMPIK" - "QIZILQUM" - 1:0 (1:0)
Gol: Sanjar Shoahmedov (29)
Noaniq penalti: Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (90+4, darvozabon qaytardi)
"Olimpik": 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Eldorbek Begimov, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 7.Ruslanbek Jiyanov (Muhammadali G‘iyosov 85), 8.Bektemir Abdumannonov (Muhammadaziz Ibragimov 59), 11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev (Po‘latxo‘ja Holdorxonov 82), 19.Dostonbek Tursunov (Sunnatulloh Hamidjonov 85), 23.Abdurauf Bo‘riyev, 37.Alisher Odilov, 77.Davron Anvarov (Farruxbek Muxtorov 59)
"Qizilqum": 1.Ignatiy Nesterov, 6.Erkin Baydullayev, 7.Sanjar Shoahmedov, 10.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 11.Aleksandar Stanislavlevich (Paul Komolafe 84), 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 23.SHerali Jo‘rayev (Jasur Azimov 82), 25.Azizbek Usmonov, 28.SHuhrat Muhammadiyev, 33.Oleg Zoteev, 88.Artyom Dmitriyev
Hakamlar: Rahimbek Karimov, Ruslan Serazitdinov, Olim Abduvosilov, To‘rabek Suyunov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:41, 26.04.2022.
O'qildi: 1598 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик