Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Samvel Babayan: «Mingta shunaqa zarbadan faqat bittasi gol bo‘lgan bo‘lardi»

Samvel Babayan: «Mingta shunaqa zarbadan faqat bittasi gol bo‘lgan bo‘lardi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 5-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “So‘g‘diyona” (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. An’anaga muvofiq, Samvel Vyacheslavovich o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.  

— Menimcha, bugungi bahs hech kimni befarq qoldirmadi. Jiddiy raqibga qarshi maydonga tushdik. Afsuski, imkoniyatni boy berdik. Raqibga omad kulib boqdi. Mehmonlarda ikkita vaziyat yuzaga keldi va undan samarali tarzda foydalana olishdi. Shogirdlarim ko‘plab xavfli vaziyatlarni yaratishdi, biroq ulardan samara chiqara olishmadi. Yigitlarga oxirigacha o‘yinda burilish yasash uchun kurash olib borishgani uchun rahmat aytaman. Muxlislarimizni ranjitib qo‘ydik. Ta’kidlash joizki, bugungi hisob o‘yinga mos bo‘lmadi. Endi xatolarni to‘g‘rilab, vaziyatni o‘nglash, boshqa bunday holatga tushmaslikka harakat qilamiz. Umuman olganda, bugun 3 ochko olishimiz kerak edi. Bu – futbol. Shunchaki omadimiz kelmadi.

— Bugungi hakamlik borasida nima deya olasiz?  
— Hakamlarni muhokama qiladigan qo‘mita, o‘yin nazoratchisi bor. To‘g‘ri, bugungi uchrashuv davomida raqib tomonidan vaqt cho‘zishlar ko‘p bo‘ldi. Bu holatga hakamlar zudlik bilan aralashib, chora ko‘rishlari kerak edi. Bunday holat yuz bermasligi uchun esa yigitlar gol urishlari shart edi. Biroq buning uddasidan chiqa olishmadi. Aksi bo‘lganida, o‘yin natijasi ham boshqacha ko‘rinish olgan bo‘lardi. Ammo... Shunday bo‘lsada, hakamlikni muhokama qilmoqchi emasman.

—  “Navbahor”da uzoqdan darvozaga  zarba yo‘llash holatlari juda kam uchramoqda. Nima jamoada uzoqdan darvozaga zarba yo‘llaydigan futbolchi yo‘qmi yoki bu sizning topshirig‘ingizga bog‘liq holatmi?
— Uzoqdan darvozaga har bir futbolchi zarba yo‘llashi mumkin. O‘zbekiston kubogi doirasidagi  o‘yinini eslasangiz kerak, o‘shanda Iskanderov uzoq masofadan darvozani ishg‘ol qilgandi. Hammasi vaziyatlarga bog‘liq. To‘g‘ri, bugun uzoq masofadan yo‘llangan zarbalar kam bo‘ldi.

— “Navbahor” mag‘lubiyatining asosiy sababi nimada?
— Asosiy sabab – diqqat-e’tiborni yo‘qotganimiz. Keyin fantastik tarzda urilgan ikkinchi golni alohida aytish joiz. O‘ylaymanki, 1000 ta shunaqa zarbadan faqat 1 tasi gol bo‘lgan bo‘lardi. Biz yaqqol vaziyatlardan foydalanishda oqsadik. Masalan, hisob 0:1 bo‘layotgan paytda Elgujada 2 ta qulay imkoniyat yuzaga keldi. Ammo u o‘sha vaziyatlardan foydalana olmadi.  Bir so‘z bilan aytganda, bugun rostakamiga omadimiz kelmadi.

— O‘yin davomida Nurillo To‘xtasinovda bir qator vaziyatlar yuzaga keldi va o‘sha holatdan foydalana olmadi. Shunday paytda uni qo‘llab-quvvatlash kerakmidi?
— “Navbahor”ning har bir futbolchisini  qo‘llab-quvvatlaymiz. Shu jumladan, To‘xtasinovni ham. Nurilloning boshlang‘ich tarkibdan joy olishining o‘zi uning qo‘llashimizdan darak beradi. O‘z o‘rnida ta’kidlash joizki, To‘xtasinov haligacha o‘z imkoniyatidan foydalana olmadi. Menimcha, bunga o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ygan jamoada to‘p tepish bosimi  ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan bo‘lsa  kerak.

Ta’kidlayman, biz har bir futbolchini ruhan qo‘llab-quvvatlaymiz. Ayni paytda “Navbahor” tarkibidan kuchli futbolchilar o‘rin olishgan.  

— Tarkibda rotasiyaga qo‘l urish vaqti kelgandir...
— Bu borada o‘yinga taktik tayyorgarlik, raqib va futbolchilarimizning holatidan kelib chiqib ish tutamiz. Keyingi bahsga shundan kelib chiqqan holda, tarkib tuzamiz.  

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 00:46, 27.04.2022.
O'qildi: 2266 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.