"Arsenal" futbolchisi Martin Edegor xalqaro jamoadoshi Erling Xoland haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:
"Xoland juda ham xushchaqchaq yigit. U mening yaqin do‘stlarimdan biri va top-hujumchi. Men uning keyingi manzili haqida bilmayman. U bilan bu borada gaplashganimiz yo‘q. Ammo Xoland Angliyaga kelgudek bo‘lsa, albatta bizning safimizga qo‘shiladi (kuladi). Unda bundan ham yuqori darajaga chiqish uchun hamma imkoniyatlar mavjud".
21 yoshli hujumchi uchun Angliyada "Man Siti" asosiy da’vogar sanaladi.