Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Agar «Paxtakor» «Sepahon»ni yutganida, nima bo‘lardi?

Agar «Paxtakor» «Sepahon»ni yutganida, nima bo‘lardi?

Baho:
+ | -

Kecha "Paxtakor" klubi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida Saudiya Arabistonining "At-Ta’vun" jamoasini mag‘lub etgach, ko‘pchilikning xayoliga, agar "sherlar" avvalgi turda "Sepahon"ni mag‘lub etganida, 9 ochko bilan keyingi bosqichga chiqqan bo‘lardi-ya, degan fikr kelgan bo‘lsa ajabmas (masalan, Hojimat Erkinov qo‘shib berilgan daqiqalarda eronliklar darvozasiga bosh bilan emas, oyoq bilan zarba berib, gol urganida...).

Bu fikrda jon bor, axir "Nasaf" bugun "Al-Vihdat"ga kichik hisobda yutqazsa ham, 8 ochko bilan pley-offga chiqishga yaqin turibdi. Ammo... Ammo OCHL pley-off bosqichiga har ikki o‘zbek klubi bir vaqtning o‘zida chiqa olmasdi. Chunki 2-o‘rinni egallagan jamoalar orasida ikki klub ("Shabab al-Ahli" va "Ar-Rayyan") kamida 10 ochko to‘plab qo‘ygan. G‘arb mintaqasida uchinchi yo‘llanma uchun "Paxtakor" va "Nasaf" kurashgan bo‘lardi.

Bunday holatda "Al-Vihdat"ga qarshi o‘yinda Berdiyev jamoasini mag‘lubiyat (kichik hisobdagi) aslo qoniqtirmasdi. Qarshiliklar 2-o‘rinni egallaganlar reytingida "Paxtakor"dan oldinda bo‘lish uchun iordaniyaliklar bilan kamida durang o‘ynashi talab etilardi ("Vihdat" esa pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatidan to‘liq mahrum bo‘lgan bo‘lardi).

Shunday ekan, "Paxtakor" 5-turda g‘alaba qozonganida ham, faqat bitta o‘zbek klubi OCHLning pley-off bosqichida ishtirok etish huquqini saqlab qolgan bo‘lardi. "Nasaf" esa bugun ijobiy natija qayd etib, bu yo‘llanmani qo‘lga kiritishi kerak. Jamoaga omad tilab qolamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:15, 27.04.2022.
O'qildi: 5764 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.