Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

“SHo‘rtan”da uyg‘onish davri. Klub yana o‘z akademiyasiga e’tibor berishni boshladi

“SHo‘rtan”da uyg‘onish davri. Klub yana o‘z akademiyasiga e’tibor berishni boshladi

Baho:
+ | -

Yaqin ikki yil “Sho‘rtan” uchun oson bo‘lmadi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi klubdagi muammolar, qarzdorliklar masalasida jiddiy ish olib borishiga to‘g‘ri keldi. 

Uzoq yillar davomida “Nasaf” futbol klubi tizimida ishlagan, klub akademiyasini ko‘tarish, stadionni zamonaviy ko‘rinishga keltirish kabi masalalarda jonbozlik ko‘rsatgan mutaxassis Shamil Yarulin “Sho‘rtan”da ish boshlagach, muammolar hal etila boshlandi. 

Bugunga kelib “Sho‘rtan” barcha qarzlaridan qutilgani e’tiborga molik. Shuningdek, o‘tgan mavsum ta’mirdan chiqqan akademiya binosi foydalanishga topshirildi. Albatta pandemiya davrida “Sho‘rtan” klubiga qarashli baza va akademiyalarga oson bo‘lmadi. Viloyat hokimiyati uning ayrim ob’ektlaridan shifoxona sifatida foydalandi. 

O‘tgan haftada “Sho‘rtan” va nihoyat akademiyani isloh qilishga keng urg‘u bera boshladi. Klub birinchi navbatda yosh futbolchilarni kiyim-bosh bilan ta’minladi. Endilikda akademiyaning barcha yosh futbolchilari kishi havasini keliradi — ularning egnida bir xilda sport formasi bor. 

Klub akademiya faoliyati bilan tanishtirish, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar, ovqatlanish va mashg‘ulot jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berish niyatida yosh futbolchilarning ota-onalarini ham taklif qildi. 

Ayni vaqtda “Hududgazta’minot” AJ uzoq yillar muammolar girdobida qolib ketgan “Sho‘rtan”ga katta amaliy yordam berib kelayotgani e’tiborga molik. O‘z navbatida O‘zbekiston Professional futbol ligasi bu borada tashkilotga minnatdorchilik bildiradi. 

Ishonamizki, “Sho‘rtan” kelajakka qo‘yayotgan bu investisiyasi bilan oldindagi 4-5 yil davomida bosqichma-bosqich qaddini tiklab boradi. Biz Qashqadaryoning mazkur jamoasiga ham “Nasaf” yo‘lini bersin, deb qolamiz.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 19:02, 27.04.2022.
O'qildi: 1240 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик