Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Baxtiyor Ashurmatov: "Qizil kartochka AGMKga katta ustunlik berdi"

Baxtiyor Ashurmatov: "Qizil kartochka AGMKga katta ustunlik berdi"

Baho:
+ | -

AGMK – “Qo‘qon-1912” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

- O‘yin qizil kartochka olgunimizga qadar teng kurashlar ostida o‘tayotgandi. Bizda vaziyat bo‘ldi, afsuski, Jamshid Hasanov birga-bir imkoniyatdan foydalana olmadi. Sanjar Tursunov juda chiroyli gol urdi. Tan olishimiz kerak, futbolchimiz maydondan chetlatilganidan keyin AGMK katta ustunlik bilan o‘ynadi. Shu bois g‘alabaga erishdi. AGMKni g‘alaba bilan tabriklayman. Biz esa keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘ramiz.

- Merzlyakov, Siddiqov kabi futbolchilarning o‘ynamagani jarohat bilan bog‘liqmi?

- To‘g‘ri, jamoamiz yetakchilari – Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov va Javohir Siddiqovda jarohat bor edi. Shu sababli ularning yordamlaridan foydalana olmadik. Ammo bu bahona bo‘lmasligi kerak. Biz yutqazdik, AGMKni haqli g‘alaba bilan tabriklashimiz kerak. O‘ylaymanki, keyingi o‘yinlarga yuqoridagi o‘yinchilarimiz tayyor bo‘lishadi va tarkibimiz to‘liq bo‘ladi.

- Jamoada muammo yo‘qmi? Negadir o‘yindan tashqari vaziyatda futbolchilarni kayfiyati yo‘q deb eshitdik...

- Bo‘lishi mumkin. Buni jamoaning ichki siri deb o‘ylayman. Gapning ochig‘i, mag‘lubiyatga uchraganimizdan so‘ng, qaysidir sabablarni aytsam yarashmasa kerak. Bu vaziyatga to‘xtalishni xohlamagan bo‘lardim.

- Uchta o‘zgarishga qo‘l urdingiz va yana zaxira o‘zgarishlari qolib ketdi. Zaxiradan o‘yinchi tushiradigan boshqa variant ko‘rmadingizmi?

- Biz yigitlarga tanaffusda 1:0 hisobini ushlab, 15-20 daqiqa davomida extiyotkor bo‘lib o‘ynashimiz, ikkinchi golni o‘tkazib yubormasligimiz kerak, keyin uchta himoyachi bo‘lib tavakkal qilib 20-25 daqiqa hujumkorroq futbol namoyish etamiz deb ta’kidlagandik. Afsuski, ikkinchi golni o‘tkazib yubordik. Quvondiq Ro‘ziyev ham jarohat olgach, majburiy o‘zgarishga qo‘l urdik. Ikkita hujumchi bilan o‘ynaydigan bo‘lsak va markazdan Oybek Rustamovni o‘yindan olsak, juda katta tavakkalga qo‘l urgan bo‘lardik va markazda bo‘shliq yuzaga kelardi. Shu sababli biz tavakkalga qo‘l urmadik.

Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати
Kiritildi: 00:16, 28.04.2022.
O'qildi: 877 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.