Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Diyor Imomxo‘jayev: «Maqolada Bobur Akmalovning nomini tilga olmasligim kerak edi»

Diyor Imomxo‘jayev: «Maqolada Bobur Akmalovning nomini tilga olmasligim kerak edi»

Baho:
+ | -

Sharh masalasidagi kechagi postda 2 ta narsaga e’tibor berishim kerak edi:

Sharhlovchi nomini aynan keltirmaslik va aynan «Paxtakor» bilan o‘yindan kelib chiqib yozmaslik.

Chunki aslida mavzu faqat Akmalovga emas, barcha hamkasblarga yoki umuman kelajakda sharhlovchi bo‘lish istagidagi hammaga tegishli. Sharhlovchi uchun aniq qo‘llanma yo‘q, uni yozishga intilishning o‘zi absurd. Sharhlovchini jamoatchilik fikri, o‘zidan avvalgi ustoz sharhlovchilar tanbehi sayqallab boradi.

«Paxtakor»ga nisbatan esa odamlarda toqatsizlik kuchli. Buni tan olish kerak. «Paxtakor» allaqachonlar xalq jamoasi emas. Ayni bugungi holatda "Nasaf" bunga munosibroq. Biz ko‘p eslaydigan 2002 yillardagi sun’iylikka intilish va g‘alati qarorlarning oqibati shunday bo‘ladi. Aytaylik, "So‘g‘diyona"ning OFK kubogidagi o‘yinidan keyin kechagi post yozilsa, odamlar nisbatan yengilroq qabul qilishi mumkin edi.

Umuman olganda, futbol muxlisi har qanday mavzuga nisbatan fikr beradi va u bunga haqli. Sharh, janr va shunga o‘xshash mavzular esa bizning mutaxassislik temamiz. Bu masalalarda sharhlovchilarning o‘zi ham fikrlashadi, tortishadi va hokazo. Kasb qiyinligi uchun ham siz 20 yil ichida o‘zimizdan chiqqan 20 dona normal sharhlovchini sanab berolmaysiz, garov o‘ynayman. Oson bo‘lganida, minglab sharhlovchilarga balki ega bo‘lish mumkin edi.

Aniq ayta olamanki, Akmalovda «Paxtakor» direktori, sport direktori yoki umuman assosiasiya vise-prezidenti, biror boshqa klub rahbariga beriladigan tonnalab savol bor. Davlat pulidan maosh olayotganlar sifatida ular jamoatchilik uchun ochiq bo‘lishi shart aslida. Endi so‘nggi 2 yillik arxivlarga qarang va mana shunday rahbarlardan qanchasi OAV uchun ochilganini sarhisob qiling. Ular yo ishlashi yoki o‘rnini bo‘shatishi shart. Bu borada Sizning talabingizni to‘la qo‘llab-quvvatlaymiz.

Sharhlovchilik temasi istalgan davrada, istalgan ko‘rinishda va holatda tugamaydi, yangi-yangi bahslarni keltirib chiqaraveradi. Bunda hamma o‘zicha haq, hammaning o‘z fikri bor, hatto sharhga begona bo‘lmagan odam sifatida mening ham fikrim eng to‘g‘risi emas. Sharhlovchi o‘ziga nisbatan bildirilgan fikrlarni qanday qabul qilish va nimaga amal qilishni juda yaxshi biladi, u ichidan ko‘p narsa o‘tkazadi. Shunday ekan, bizga advokat ham, boshqasi ham mutlaqo kerak emas. Qolgan sohalardan farqli o‘laroq muammolarimizni o‘zimiz hal qila olamiz.

Faqat birgina fikr aytaman: fanat hech qachon xolis bo‘lolmaydi. Futbolga muxlislik boshqa, klubga fanatlik umuman boshqa. Xolis bo‘la olmasligi yoki o‘rtalikni ushlay olmasligini bilsa, sharhlovchi yaxshisi boshqa o‘yinlarni tanlagani to‘g‘riroq. Chunki o‘zim shunday qilganman va intervyularimning birida buni hatto tan olganman. Shuning uchun ham o‘zim hurmat qiladigan bir mutaxassis haqida gapirishdan, yozishdan, unga nisbatan fikr berishdan tamomila tiyilganman. Chunki o‘sha vaqtlarda xolis bo‘lish qo‘limdan kelmagan. Xullas, hammaga omad va ko‘ngilni keng qilib, tarqalamiz. Shaxsiyatdan boshlaydigan ayrimlar jilla qursa yilda bir saviyaliroq bo‘lishga harakat qilishlari shart.

Diyor Imomxo‘jayev

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 14:14, 28.04.2022.
O'qildi: 4440 marta.
Fikrlar: 49 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.