Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Zirak ziyonga ishladi

Zirak ziyonga ishladi

Baho:
+ | -

«Spesiya» uchun mavsumning hal qiluvchi pallasi boshlanmoqda. Hozir klub «jon» saqlash hududidan 11 ochkolik farq bilan oldinda, lekin so‘nggi paytlarda jamoaning natijalari yaxshimas. 2022 yili «Spesiya» «A» seriyada 10ta o‘yin o‘tkazdi: 2 g‘alaba, 2 durang va 6 mag‘lubiyat. Yutqazishlarning oxirgisi 15 aprel sanasiga to‘g‘ri keldi - o‘z uyida «Inter»ga imkoniyat boy berildi.

Mazkur uchrashuv bilan bog‘liq kulgili voqeaga e’tibor qaratmoqchimiz. Yarim himoyachi Mbala Nzola joriy mavsum 22ta o‘yinda qatnashdi, ularning 10tasini boshlang‘ich tarkibda boshladi. Ammo bu yil uni asosan zaxira vakili sifatida ko‘ryapmiz. «Inter»ga qarshi bahsda ham shunday bo‘ldi. Nzola 60-daqiqada maydonga tushdi, ammo bor-yo‘g‘i 10 daqiqa to‘p surdi, xolos. Sabab g‘alati - qulog‘idagi ziragini yecholmadi.

«A» seriya qoidalarining 4-bandida shunday yozilgan: «Barcha taqinchoqlar taqiqlangan va ular bilan maydonga tushilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ularni lentalar bilan yopish ham mumkin emas. Agar futbolchining taqinchog‘i bo‘lsa, hakam uni yo vaziyatni o‘nglashi uchun maydon chetiga chiqaradi yoki dastlabki tanaffusdayoq uning o‘rniga boshqa o‘yinchi tushishini ta’minlaydi».

Nzola aynan shu tartibga zid ish qilgani uchun noqulay ahvolga tushib qoldi. 66-daqiqada u Samir Xandanovich darvozasi tomon zarba yo‘llab, burchak zarbasi ishladi. Shu pallada hakam futbolchining qulog‘iga nimadir yopishtirilganini ko‘rdi va maydon chetiga chiqib, ziragini yechishi kerakligini uqtirdi. Bu borada Nzolaga «Spesiya» shifokori ko‘maklashdi, lekin birgalikda ham vaziyatni o‘nglay olishmadi.

«Spesiya» deyarli 5 daqiqani bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi, 70-daqiqada esa Nzolaning o‘rniga Antist Janis tushirildi. Kameralar zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan Nzolani darhol topishdi: u xafa edi, qulog‘ida esa chandiq ko‘rindi.

Manba: zakovat.uz
Kiritildi: 14:20, 28.04.2022.
O'qildi: 1488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик