Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/03 01:00 Arsenal 2-2 PSV
13/03 01:00 Aston Villa 3-0 Bryugge
13/03 01:00 Atletiko 1-0 Real Madrid
14/03 19:30 Buxoro - Qizilqum
14/03 19:30 Neftchi - Qo‘qon-1912
15/03 00:45 Jenoa - Lechche
15/03 01:00 Las-Palmas - Alaves
15/03 17:55 Sho‘rtan - Bunyodkor
15/03 18:00 Valyadolid - Selta
15/03 19:00 Monsa - Parma
15/03 19:00 Udineze - Verona
15/03 19:30 Andijon - Nasaf
15/03 20:00 Everton - Vest Xem
15/03 20:00 Ipsvich - Nottingem Forest
15/03 20:00 Manchester Siti - Brayton
15/03 20:00 Sautgempton - Vulverhempton
15/03 20:15 Malyorka - Espanyol
15/03 20:15 Dinamo - Mash’al
15/03 22:00 Milan - Komo
15/03 22:30 Vilyarreal - Real Madrid
15/03 22:30 Bornmut - Brentford

Van Persi yangi turnirga ham o‘z nomini yoza boshladi

Van Persi yangi turnirga ham o‘z nomini yoza boshladi

Baho:
+ | -

Konferensiyalar ligasining eng yaxshi to‘purari van Persining shogirdi hisoblanadi. «Feyenoord»ning belgiyalik futbolchisi o‘zining kumiri Robinni hayratda qoldirmoqda.
Siril Dessersni eslab qoling.

«Feyenoord» hujumchisi Siril Dessers Konferensiyalar ligasining nimchorak finalida «Marsel» darvozasiga ikkita gol urdi – va birinchi o‘yinning bosh qahramoniga aylandi: gollandlar 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. Belgiyalik futbolchi ketma-ket ikki bahsda dublga erishdi: u Praganing «Slaviya» klubiga qarshi chorak final javob uchrashuvida ikkita gol urdi. Umuman olganda, Dessers Konferensiyalar ligasida allaqachon 10 ta gol urishga erishgan, u yangi tashkil etilgan musobaqaning eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.

Peshqadamlar ro‘yxatida shuningdek, «Feyenoord»ning yana bir hujumkor futbolchisi – Luis Sinisterra ham bor, uning hisobida oltita gol mavjud va bu borada uchinchi o‘rinni band etgan.

Rotterdam jamoasi o‘yinining siri nimada?

Van Persi klubda hujumchilarga jiddiy saboq beradi. U o‘z ishini frilanser sifatida boshlagan va hozirda doimiy ravishda maslahatlar berib kelmoqda. Bosh murabbiy Arne Slot shtabida hujumchilar bilan ishlashga mas’ul bo‘lgan Robin van Persining klubdagi o‘rni katta.
Umuman olganda, «Feyenoord» tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Robin 2020 yilning yozidan buyon klubda faoliyat yuritib keladi. U o‘z ishini shunday tasvirlagan:

“Bu rasmiy pozisiya emas. Shuning uchun lavozimimni aniq bir nomlash men uchun qiyin. Masalan, o‘zimni forvard murabbiyi deb hisoblamayman. O‘ylaymanki, bu ish agar menga yoqsa, men bu yerda ishlashda davom etaman va xodimlardan yordamimni ayamayman. O‘tgan yil davomida men faqat o‘zim yoqtirgan narsani qildim. Men Angliyada mutaxassis sifatida ishlayman, oilam bilan ko‘p sayohat qilaman, ko‘p sport bilan shug‘ullanaman. Endi aynan murabbiylik sohasi men uchun to‘g‘ri yoki yo‘qligini ko‘rmoqchiman", - deydi Persi.

Van Persi ayni dam murabbiylar shtabida to‘liq ishlashga o‘tdi, u veb-saytda yordamchi murabbiylardan biri sifatida ko‘rsatilgan va hozircha jamoaning har bir mashg‘ulotida ishtirok etmoqda. Bu esa hujumchilarga, ularning har tomonlama o‘sishiga katta yordam bermoqda. Buning yorqin misolini quyidagi futbolchi orqali ham bilib olish mumkin.

«Van Persining bizga katta yordami tegmoqda. Biz juda kichik narsalarni ham chetda qoldirmaymiz, barcha detallar ustida ishlayapmiz. Bu yerda ortiqcha burilishlar ko‘p. Biroq siz bu o‘zi bizga qachon kerak bo‘ladi, deb savol berishingiz mumkin. Ishoning, murabbiy effekti vaqt o‘tib albatta, foyda beradi. Bir haftadan keyin ikki marta gol urdim, ana foydasi! Bu aqldan ozgan holat», - deydi Dessers.

Men van Persining «Arsenal», «Manchester Yunayted», «Feyenoord» va terma jamoasidagi o‘yinlarini ko‘rib o‘sganman. U bilan ishlash alohida o‘zgacha tuyg‘u. Men uning barcha so‘zlarini o‘zimga singdirishga harakat qilaman, men hech narsani unutib yuborishga yo‘l qo‘ymayman. Van Persining so‘zlari juda yaxshi ishlamoqda. Erediviziyada faqat «Ayaks» va «PSV» «Feyenoord»dan ko‘ra ko‘proq gol urdi, biroq ularning birortasi ham yevrokuboklarning yarim finaliga chiqa olmadi. Rotterdamliklar esa shu yerda. Va ular finalga chiqishlari mumkin! Bu men uchun g‘urur. Bu yo‘lda Van Persiga rahmat aytaman», — deydi futbolchi.

Kiritildi: 23:58, 30.04.2022.
O'qildi: 2460 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz