«Aston Villa» bosh murabbiyi Stiven Jerrard «Norvich»ga qarshi kechgan va 2:0 hisobida Birmingem klubi foydasiga hal bo‘lgan o‘yin natijasi haqida fikr bildirdi.
«O‘tgan o‘yinlarda biz ba’zan yaxshiroq o‘ynaganmiz, ammo g‘alaba qozona olmadik. Bugun yaxshi o‘yin bo‘ldi. Men g‘alabadan xursandman», - dedi Jerrard.
Jerrardning g‘alabasi «Norvich» bosh murabbiyi Din Smitning mag‘lubiyatiga aylandi. Uning klubi Premyer-ligada jon saqlab qolish uchun kurashda mag‘lub bo‘ldi.
«Smit yaxshi murabbiy. U xafa, biz ham xafamiz, ishonamanki, muxlislar ham», - dedi Jerrard.
«Norvich» bu o‘yindan so‘ng quyi ligaga tushib ketish zonasidan chiqib ketish uchun matematik imkoniyatlarini yo‘qotdi. Jamoa Premyer-ligada so‘nggi - 18-o‘rinni egallab turibdi.