"Arsenal" APLning 35-turida "Vest Xem"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
"Kanonirlar" 63 ochko bilan hozirda turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi va chempionat yakuniga 4 tur qolganida 9-o‘rindagi "Vulverxempton"dan 14 ochko oldinda.
Shu tariqa, “kanonirlar” kelasi mavsumda Yevropa musobaqalaridagi ishtirokini kafolatladi.
Joriy mavsumda "Arsenal" 1995 yildan beri ilk bor yevrokuboklarda qatnashmadi.













