Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ulug‘bek Baqoyev «Paxtakor» va AGMKga qarshi bo‘ladigan o‘yinlar haqida: «Biz har bir o‘yinga jiddiy yondashamiz»

Ulug‘bek Baqoyev «Paxtakor» va AGMKga qarshi bo‘ladigan o‘yinlar haqida: «Biz har bir o‘yinga jiddiy yondashamiz»

Baho:
+ | -

Superliganing 6-turidan o‘rin olgan «So‘g‘diyona» – «Metallurg» (2:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— O‘yin haqida.
— Qiyin o‘yin o‘tkazdik. Namangandagi «Navbahor» bilan o‘yindan so‘ng tiklanish uchun vaqt oz edi. Yigitlar charchoq tufayli bugun haqiqatdan ham qiynalishdi, buni murabbiy sifatida ko‘rib-bilib turibman. Sifatli o‘yin namoyish etmagan bo‘lsak ham gollar urdik va g‘alabaga erishdik. Muhimi – natija. Keyingi uchrashuvga qadar to‘liq tiklanib yanada sifatli o‘yin namoyish etamiz degan umiddaman. Jamoamiz a’zolariga bugungi o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman.

— Milan Mitrovichda uzatmalar xato chiqayotgani ko‘zga tashlanmoqda. Bu borada ish olib borasizlarmi?
— To‘g‘ri, Mitrovich uzatmalarda xatoliklarga yo‘l qo‘ydi. U bilan darvozabonlar murabbiyimiz alohida ish olib boradi. Bu to‘g‘rilasa bo‘ladigan holat.

— Jamoani oldinda «Paxtakor», AGMK kabi kuchli jamoalarga qarshi o‘yinlar kutib turibdi.
— To‘g‘ri, biz yaqin kunlar ichida «Paxtakor» va AGMK bilan o‘ynaymiz. Hozirda Superligada kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q, istalgan raqib muammo tug‘dira oladi. Biz har bir o‘yinga jiddiy yondashamiz.

Manba: https://t.me/fcsogdianajizzak
Kiritildi: 09:05, 02.05.2022.
O'qildi: 1238 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик