Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Sportchilarimizning JCHda ishtirok etadigan sanalari ma’lum bo‘ldi

Sportchilarimizning JCHda ishtirok etadigan sanalari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Bugun Gresiyaning Iraklion shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati start oldi. Ma’lum qilganimizdek, unda 6 nafar vakilimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi. Ayni paytda atletlarimiz musobaqaga so‘nggi tayyorgarlikni olib borishmoqda.

Reglamentga ko‘ra, musobaqa oldidan texnik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi va har bir vazn toifasidagi bahslarning vaqti rasman e’lon qilindi. Unga ko‘ra, hamyurtlarimizning musobaqadagi taqvimi quyidagi ko‘rinishga keldi:

3 may, 17:00 – Jamila Panfilova (-55 kg)
5 may, 20:00 – Og‘abek To‘xtayev (-73 kg)
7 may, 20:00 – Hojiakbar Olimov (-89 kg)
9 may, 14:30 – Sharofiddin Amriddinov (-102 kg)
9 may, 17:00 – Tursunoy Jabborova (-87 kg)
10 may, 17:00 – Mirhosil Mirzaboyev (+109 kg)

Bahslar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan. Jahon chempionati 2-10 may sanalarida o‘tkaziladi va unda ishtirok etish uchun dunyoning 61 mamlakatidan 300 nafardan ziyod sportchi ro‘yxatdan o‘tdi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 14:02, 02.05.2022.
O'qildi: 1394 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.