"Manchester Yunayted" hujumchisi Edinson Kavani shartnomasi tugagach, Janubiy Amerikaga qaytishni istamoqda.
AS xabariga ko‘ra, u "Boka Xuniors" klubiga o‘tishni afzal ko‘rmoqda.
35 yoshli urugvaylik hujumchining “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga yetadi. U 2020 yilning kuzidan buyon jamoada o‘ynamoqda.
Joriy mavsumda Kavani ingliz klubi safida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.