Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Erik Ten Xag «Manchester Yunayted»da yechishi kerak bo‘lgan 7 muammo

Erik Ten Xag «Manchester Yunayted»da yechishi kerak bo‘lgan 7 muammo

Baho:
+ | -

Yangi murabbiy katta muammosi bor klubga ega bo‘ladi.

«Manchester Yunayted» Chempionlar ligasisiz qolishi deyarli aniq.  Ammo bu klubning eng kichik muammolaridan biri. Sababi Chempionlar ligasisiz ham oldinda juda ko‘p qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bor. Hozir ten Xag «qizil iblislar»da yechim topish kerak bo‘lgan 7 ta muammo haqida gaplashishga qaror qildik.

1. O‘yinchilarning kuchini qanday tiklash mumkin?

Erik ten Xag ichki muhiti juda yomon jamoaga kkelmoqda. Shubhalar, ishonchsizlik, xudbinlik va sport uchun keraksiz bo‘lgan boshqa fazilatlar bilan zaharlangan jamoa.

Moyes, van Gal va hattoki Mourinyo futbolchilarning kuchi nazoratdan chiqib ketganiga ishora qilishdi. Sulsher vaziyatni o‘nglashga harakat qildi, ammo foydasiz.

The Times nashrining aytishicha, «Manchester Yunayted»ning ba’zi o‘yinchilari ten Xagning murabbiylik qobiliyatini tan olishsa-da, klubni o‘zgartirish uchun yetarli salohiyatga ega ekanligiga shubha bilan qaramoqda va bu murabbiy uchun yana bir sinov bo‘ladi.

Pol Skoulz Mikel Artetani misol qilib keltiradi: «U bir guruh iqtidorli futbolchilarni jamoada birlashtirishi va shunchaki ularni o‘z uslubiga ishontirishi kerak. O‘ylaymanki, so‘nggi ikki murabbiyi qo‘l ostidagi o‘yinchilari ishontira olmagan. Ten Xag Arteta kabi qattiqqo‘l murabbiy bo‘lishi kerak. U jamoani qayta tiklash uchun juda ko‘p mehnat qildi va u hech qanday bema’ni narsalarga vaqt sarflamadi. Menimcha, bu murabbiy aynan shunday bo‘lishi kerak».

Arteta jamoada kim «shef» ekanligini bildirib qo‘yish uchun jamoaning asosiy yulduzi Pyer-Emerik Obameyangdan voz kechishdan ham qo‘rqmadi.

Ten Xag uchun yaxshi xabarlardan biri Pol Pogba yozda jamoadan ketadi. Xabarlarga ko‘ra, fransuz futbolchisi jamoaning WhatsApp platformasidagi chat guruhini tark etgan. Boshqa «sharafli» shaxslar bilan Erik ish jarayon davomida suhbatlashishi talab etiladi.

Ten Xagning uzoq yillik safdoshi Leon ten Vordening aytishicha, Erik haqiqiy yetakchi va hatto «osmon» o‘yinchilarni ham o‘z tomoniga qanday og‘dirib olishni biladi. Bastian Shvaynshtaygerning «Bavariya II»da ten Xag bilan birga ishlagan akasi Tobias shunday dedi: «U bizni mukammallikka olib kelmoqchi edi. Ten Xag menga har bir mashg‘ulotning mazmuni borligini anglatgan birinchi murabbiy hisoblanadi».

2. Krishtianu Ronaldu

Biz nima uchun yangi «MYU»ni Ronaldu atrofida qurish mumkin emasligi haqida ko‘p gapirganmiz. Takrorlash shart emas.

Ronaldu ten Xagning kiyinish xonasiga birdamlikni qaytarishga qaratilgan har qanday urinishini yo‘q qilishi yoki aksincha, jamoani yaxshi tomonga o‘zgartishga sababchi bo‘lishi mumkin.

Ko‘p narsa ten Xag va Ronaldu o‘rtasidagi munosabatlar qanday rivojlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Murabbiy uchun ideal ssenariy Krishtianu bilan yaxshi munosabatda bo‘lish hisoblanadi.

3. Asosiy tayanch yarim himoyachi kim bo‘ladi?

Muammo mavsumdan-mavsumga o‘tmoqda. Ammo haligacha bu o‘z yechimini topgani yo‘q.

Hozirgi tarkibda tanlov juda kam:

  1. Skott Maktominay klub tarbiyalanuvchisi, jasur, lekin u ko‘pincha o‘z pozisiyasini yo‘qotib qo‘yadi.
  2. Nemanya Matichda yosh bilan muammo bor va allaqachon butsalarini mixga ilish haqida  o‘ylamoqda.
  3. Fred Rangnik ostida porlagan kam sonli futbolchilardan biri. U ko‘proq hujumga yaqinroqda xavfli futbolchi hisoblanadi.
  4. Shuningdek, «Nottingem»da tajriba orttirayotgan yosh Jeyms Garner bor.

Ko‘rib turganingizdek, jamoa markazida yetarlicha muammo bor. Shu sabab ten Xag tayanch yarim himoyachi xarid qilishi kerak. Klub hozirda ko‘plab futbolchilar bilan muzokara olib bormoqda: Rays, Tchuameni, Gravenberx, de Jong, Aydara, Laymer.

4. Himoya markazida kim o‘ynashi kerak?

Yana bir asosiy muammo. Bir paytlar Xosep Gvardiola birgina «Man Siti»da himoyachilar sotib olish uchun taxminan 450 million yevro sarflagani hisoblangan edi. Agar «Manchester Yunayted»ning faqat hozirgi tarkibning markaziy himoyachilariga sarflagan xarajatlarini hisoblasak, 219,3 million yevro bo‘ladi: Varan (40 million). ), Maguayr (87 million), Lindelyof (35 million), Bayi (38 million), Jons (19,3 million).

Ularning barchasi klubda qolishi dargumon. Bayi o‘ynashni xohlamoqda, ammo u ko‘p jarohat oladi. Jons yaqinda og‘ir jarohatdan qaytdi, lekin u oldingi kabi salohiyatli futbolchi emasligi sezilib qoldi. Lindelyof klubda deyarli besh yildan beri o‘ynamoqda. Ammo u haligacha  Premyer-ligaga moslashgani yo‘q. Maguayr esa shunchaki klubning katta xatosi.

«Manchester Yunayted» nima uchun Antonio Ryudigerga yaxshiroq shartnoma taklif qilganini, Ronald Arauxoga «radar qo‘ygani», Pau Torres uchun kurashayotganini va allaqachon Yurriyen Timber bilan muzokara o‘tkazayotgani sababini ko‘rishingiz mumkin.

5. De Xea yoki Xenderson

Garchi hozir unchalik sezilmayotgan bo‘lsa-da, ten Xag oldida yana bir muammo bor. Bu darvozabon pozisiyasi bilan bog‘liq. Unga orqa tomondan jamoani boshqara oladigan va birinchi pas bilan hujumni rivojlantira oladigan darvozabon kerak. David de Xea bunday kiper hisoblanmaydi. Ha, ispan posboni jarima zarbalarini mohirona qaytara olishi, yaqin masofadagi zarbalarga to‘siq bo‘lishi va oxirgi lahzada jamoani qutqarib qolishi mumkin. Ammo Lui van Gal davrida ham De Xea birinchi paslarda kuchsizligi aniq edi. Bu mavsumda Davidning paslari aniqligi 69,1% (taqqoslash uchun Ederson - 88%).

Manchester Evening News va ESPN nashrlari allaqachon Erik De Xea o‘z talablarini bajara olishiga shubha bilan qarayotganini ma’lum qildi. Lekin hozircha bu mish-mish.

Ammo de Xeadan ko‘ra Din Xenderson jamoadan ketishga majbur bo‘ladi. Umuman olganda, Din iqtidorli darvozabon. Ammo uning o‘yin uslubi mankunianliklar tizimiga mos kelmasligi aniq bo‘lib turibdi.

6. Bruno yoki van de Bek

«Manchester Yunayted»da yangi mavsumni Donni van de Bekdan ko‘ra ko‘proq kutayotgan futbolchini topib bo‘lmasa kerak. Agar «Everton» APLdan tushib ketadigan bo‘lsa, Donni cho‘kib ketgan kemadan tushib qolib, Manchesterga, sevimli murabbiyi oldiga qaytadi.

Ehtimol, ten Xag van de Bekni maydonning o‘rtasida o‘ynatishga harakat qiladi. Biroq, bu avval ham sinab ko‘rilgan usul va Donni juda ishonchsiz o‘yin ko‘rsatgan. Donnining klubdagi asosiy raqobatchisi — Bruno Fernandesh.

Aprel oyida klub portugaliyalik bilan shartnomani 2026 yilgacha uzaytirilgandi. Bruno - hozirgi «Manchester Yunayted»ning yetakchisi. «Liverpul»ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergach, ushbu dahshatli mavsumni muddatidan oldin tugatishni xohlaysizmi, degan savolga «Yo‘q, bunday bo‘lmasligi kerak. Agar kimdir o‘ynashni istamasa, u jamoadan tashqarida qolishi mumkin. Biz hech bo‘lmaganda klub ramzi uchun kurashishimiz kerak», - deya javob berdi.

Fernandesh xarakterli futbolchi, ba’zida o‘z qobiliyatini ortig‘i bilan namoyish qiladi.

7. Reshfordni qanday qaytarish kerak?

Bu mavsum Markus Reshford uchun dahshatli tush bo‘ldi. U milliy qahramondan, zahira o‘rindig‘ida o‘tiradigan futbolchiga aylandi. Uning o‘rnini Ronaldu egalladi, qanotlar bo‘ylab Sancho va Elanga o‘ynamoqda. Reshford tushkunlikka tushdi va formasi, hamda o‘ziga nisbatan ishonchini yo‘qotdi.

Rangnikning munosabati ham ahvolni yaxshilashga yordam bermadi.

Reshford JCH-2022 arafasida Angliya terma jamoasidan chetda qolishidan xavotirda. Ayni paytda, unga «Barselona» va «PSJ» qiziqish bildirmoqda. Ular futbolchiga jamoadagi asosiy o‘yinchi rolini yangi chempionatni taklif qilishga tayyor.

Shu bilan birga, Markus endigina 24 yoshda. Endi hamma narsani o‘zgartirish yoki yangi loyihaning bir qismi bo‘lish uchun yaxshi imkoniyat. Ingliz nashrlarning xabar berishicha, Reshford ten Xagning tayinlanishidan xursand bo‘lgan va yangi mavsumdan asosiy tarkibdagi o‘rni uchun kurashishga tayyor.

Kiritildi: 18:04, 03.05.2022.
O'qildi: 4389 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.