Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyi ishdan bo‘shatilishi mumkin

Dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyi ishdan bo‘shatilishi mumkin

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmasa, jamoani tark etishi mumkin. Argentinalik murabbiyning shartnomasida shunday band bor. Unga ko‘ra, agar uning qo‘l ostida jamoa La Liganing kuchli 4 taligiga kira olmasa, jamoa bosh murabbiyligidan ketishi mumkin.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, agar «Atletiko» kuchli to‘rtlikdan tashqarida qolsa, ikkala tomon ham ushbu shartnomani qayta ko‘rib chiqishlari kerak. Bu degani, yo Simeonening maoshi sezilarli darajada kamayishi yoki shartnoma bekor qilinishi mumkin. Ayni damda «Atletiko» murabbiyi dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiy hisoblanadi.

Madrid klubi Ispaniya chempionati turnir jadvalida mavsum tugashiga 4 tur qolganda eng yaqin ta’qibchisi – «Betis»ni uch ochkoga ortda qoldirib, to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 23:18, 03.05.2022.
O'qildi: 4337 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик