Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Superliga. AGMK - "So‘g‘diyona". Prevyu

Superliga. AGMK - "So‘g‘diyona". Prevyu

Baho:
+ | -

AGMK jamoasi Superliganing tig‘iz taqvimli juda zich bo‘lgan may oyidagi navbatdagi tur o‘yinlariga taraddud ko‘rmoqda. Bu galgi raqib ham chempionat yetakchilaridan biri, ayni palla Superligada yakka peshqadamlik qilayotgan Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasi.

Uchrashuv 7 may kuni Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida soat 18:00da boshlanadi.

AGMK va "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuv so‘nggi yillarda o‘zgacha prinsipiallik kasb etmoqda. Sababi, oxirgi 3 yildan buyon har ikkala jamoa o‘rtamiyonalar safidan yuqori maqsadli grand klublar toifasiga kirdi. Har ikki jamoa 3 yildan buyon medallar uchun kurashmoqda. Mazkur jamoalar to‘qnashuvlari tarixiga e’tibor qaratsak, bo‘lajak o‘yin jamoalarning 27-uchrashuviga aylanadi. Qayd etilgan natijalar ko‘rsatkichi jizzaxliklar foydasida. O‘tkazilgan bellashuvlarning 8tasida AGMK g‘alaba qozongan bo‘lsa, "So‘g‘diyona" hisobida 10 g‘alaba mavjud. Qolgan 7 o‘yinda esa durang qayd etilgan. To‘plar nisbati ko‘rsatkichi esa jamoamiz foydasiga: 37-34.

O‘yinni diskvalifikasiya tufayli o‘tkazib yuboradigan futbolchilar yo‘q. Turning markaziy o‘yinini tajribali referi, FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. Mazkur tayinlov Tantashev uchun AGMK ishtirokidagi 29-o‘yinga aylanadi. Ilgiz boshqargan o‘yinlarda AGMK 11 g‘alaba, 12 durang va 5 mag‘lubiyat qayd etgan. Uchrashuvdagi VAR hakami etib Ahrol Risqullayev tayinlangan.

 

Superliga, 7-tur.

7 may, shanba.

AGMK – "So‘g‘diyona" (18:00)

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Doniyor Saylavov, Akmal G‘iyosov, Sultonmurod Abdurahmonov

Nazoratchi: Baxtiyor Tagayev

VAR hakami: Ahrol Risqullayev

VAR assistenti: Jahongir Saidov

VAR nazoratchisi: Vladislav Seytlin

Komissar: Sardor Qudratullayev.

Manba: АГМК клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 18:20, 05.05.2022.
O'qildi: 1195 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик