Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua YECHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Belgiyalik kiper turnir yarim finalidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi javob o‘yinida (3:1) 8 ta seyv namoyish etib, jamoasining finalga yo‘l olishiga katta hissa qo‘shdi.
Kurtuadan tashqari sovrin uchun Frensis Koklen (Vilyarreal), Bernardu Silva (Manchester Siti) va Luis Dias (Liverpul) da’vogarlik qilgan edi.