"Marsel" hujumchisi Dimitri Payet "Feyenoord"ga qarshi Konferensiya ligasi 1/2 final javob o‘yinining birinchi bo‘limida jarohat oldi.
33-daqiqada fransiyalik futbolchi maydonni tark etdi, uning o‘rniga Arkadiush Milik maydonga tushdi.
2021/22 yilgi mavsumda Payet “Marsel” safida 46 o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.