Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Superligada aprel oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda

Superligada aprel oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golini aniqlab kelmoqda. Ortda qolgan aprel oyida Superligada 2 ta tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvlar davomida ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishga erishdi.

Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar

Ulug‘bek Baqoyev (“So‘g‘diyona”) – 2 o‘yin, 1 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 3:2

Mirjalol Qosimov (AGMK) – 2 o‘yin, 2 g‘alaba, to‘plar farqi 5:1

Nikola Lazarevich (“Qizilqum”) – 2 o‘yin, 2 g‘alaba, to‘plar farqi 4:0

Shuhrat Maqsudov (“Bunyodkor”) – 2 o‘yin, 2 g‘alaba, to‘plar farqi 5:2


Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar

Ignatiy Nesterov (“Qizilqum”) — 2 o‘yin, 2 quruq o‘yin, 4 seyv

Avazbek O‘lmasaliyev (“Bunyodkor”) — 2 o‘yin, 1 gol, 2 assist, 12 yakkakurashlarda g‘olib, 36 marotaba to‘pga ega chiqishlar (podbori)

Yovan Jokich (“Navbahor”) — 2 o‘yin, 99 aniq uzatmalar, 11 yakkakurashlarda g‘olib, 10 marotaba raqib hujumini buzishlar (perexvati)

Temurxo‘ja Abduholiqov (“Qizilqum”) — 2 o‘yin, 2 gol

Aleksandr Stanisavlevich (“Qizilqum”) — 2 o‘yin, 1 gol, 1 assist

Sahob Rashidov (“Dinamo”) — 2 o‘yin, 2 gol

Shohruz Norxonov (“So‘g‘diyona”) — 2 o‘yin, 2 gol

Umarali Rahmonaliyev (“Bunyodkor”) — 2 o‘yin, 2 gol, 67 aniq uzatmalar, 13 marotaba to‘pga ega chiqishlar (podbori)


Aprel oyining eng chiroyli goliga nomzodlar

 

Sanjar Tursunov (AGMK – “Qo‘qon-1912” uchrashuvida kiritgan goli)

Sanjar Shoahmedov (“Olimpik” – “Qizilqum” uchrashuvida kiritgan goli)

Doniyor Abdumannopov (“Navbahor” – “So‘g‘diyona” uchrashuvida kiritgan goli)

Aleksandar Yeshich (“Neftchi” – “Bunyodkor” uchrashuvida kiritgan goli)

Fransis Narx (“Neftchi” – “Bunyodkor” uchrashuvida kiritgan goli)

Umarali Rahmonaliyev (“Neftchi” – “Bunyodkor” uchrashuvida kiritgan goli)

Dragan Cheran (“Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuvida kiritgan goli)


Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida Superliga klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ishtirok etishadi. Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi.

Shuningdek, bu yildan e’tiboran O‘zPFL ushbu ovoz berish jarayonida championat.asia, sports.uz, tribuna.uz, stadion.uz nashrlari hamda Superligasi rasmiy brodkasteri hisoblangan SPORT TV dan ham ovozlar oladi.

Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. O‘zPFL tomonidan futbol muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi esa bosh murabbiylar, jamoa sardorlari hamda sport nashrlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga qo‘shiladi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi. 

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 01:35, 06.05.2022.
O'qildi: 2377 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.