Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Angliyada hakam bir-biriga «podkat» ishlatgan ikki futbolchini maydondan chetlatdi (video)

Angliyada hakam bir-biriga «podkat» ishlatgan ikki futbolchini maydondan chetlatdi (video)

Baho:
+ | -

Angliya chempionati Uchinchi divizionidan o‘rin olgan «Jillingem» - «Flitvud» o‘yini (0:0) autsayderlar o‘rtasidagi oddiy o‘yin bo‘lib  qolardi, agar 78-daqiqada noodatiy voqelik yuz bermaganida.

Bu vaziyatda Charli Kelman va Peddi Leyn maydon markazida to‘p uchun kurashga kirishib, tengdaniga «podkat» usulini qo‘llashdi. Xavfli to‘qnashuv, bosh hakam Jeyms Linington ham darhol qo‘lini cho‘ntakiga suqib, kartochka oldi. Shunda har ikki jamoa vakillari undan raqib tomonni jazolashni so‘rashga tushishdi. Ammo referi o‘z qarori bilan hammani hayron qoldirdi - to‘qnavushni yuzaga keltirgan ikki futbolchini ham maydondan chetlatdi.

Qiziq, futbol qoidalari hukmi qanday bu masalada? Bitta to‘qnashuv natijasida har ikki tomonga qizil kartochka ko‘rsatish holati kamdan-kam uchraydi, lekin bu mantiqqa zid emas. Xalqaro futbol assosiasiyalari kengashi (IFAB) qoidalari bo‘yicha raqib salomatligiga xavf tug‘dirgan yoki ortiqcha kuch ishlatgan futbolchi maydondan chetlatilishi mumkin. «Jillingem» - «Flitvud» o‘yinida har ikki futbolchi bir vaqtda shunday holatga tushdi. Deylik, Kelman to‘qnashuv natijasida kamida 5 marta ag‘darildi, Leyn ham yakunda jarohatlandi. Xullas, hakam vahimali ishga qo‘l urgani yo‘q. Biroq murabbiylar undan norozi ekanliklarini yashirishmadi. 

Gap shundaki, «Jillingem» ham, «Flitvud» ham ligada qolish uchun kurashmoqda. Bu jamoalar 24ta ishtirokchi orasida tegishlicha 20 va 21-o‘rinlarni band etib turibdi. Shunday ekan, murabbiylar mavsumning eng muhim pallasida futbolchilarini yo‘qotishni xohlamaydilar aslo. «Jillingem» menejeri Nil Xarris hattoki, Kelman kartochkasi yuzasidan shikoyat kiritmoqchi: «Aslida Jeyms Linington juda yaxshi hakam. Referini o‘ta qattiqqo‘llik qilganlikda ayblolmayman, yaxshi ishladi. Lekin o‘sha vaziyatni boshqa rakursdan ko‘rdim - Kelman «qizil»ga munosib emasdi. Agar hakam futbolchilarga sariq kartochka ko‘rsatish bilan cheklanganida, ishonchim komil, ikkisi bir-biriga qo‘l uzatib, vaziyatni esdan chiqarardi. To‘g‘risi, faoliyatim davomida hakamning bunday qarorini hech qachon ko‘rgan emasdim». «Flitvud» murabbiyi Stiven Kreyni ham shu ma’noda gapirdi: «Har ikki futbolchi fidoyi, shuning uchun ularning chetlatilishlaridan biroz asabiylashdim».

Munosabat

- Bunaqasini hech qayerda ko‘rmagandim. Aslida hakam vaziyatni 50ga 50 baholab, futbolchilarni shunchaki, ogohlantirsa bo‘lardi. Lekin u qoidaga yopishib oldi... Ian Xollouey (sobiq futbolchi, EFL on Quest ko‘rsatuvida).

 A.ABDUVALIXO‘JAYEV

Manba: iff.uz
Kiritildi: 10:22, 06.05.2022.
O'qildi: 1615 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.