Kirish Ro'yxatdan o'tish

APLning 3 grand klubi "Bayer" futbolchisi uchun da’vogarlik qilmoqda

APLning 3 grand klubi "Bayer" futbolchisi uchun da’vogarlik qilmoqda

Baho:
+ | -

Leverkuzenning “Bayer” klubi yarim himoyachisi Mussa Diabiga bir qator ingliz klublari qiziqish bildirmoqda. The Sun xabariga ko‘ra, fransiyalik futbolchiga "Nyukasl", "Manchester Yunayted" va Londonning "Arsenal" klublari qiziqish bildirmoqda.

Bu mavsum Diabining professional faoliyatidagi eng yaxshisi bo‘ldi. Yarim himoyachi Germaniya chempionatida 12 ta gol urib, 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi va Yevropa grandlarining etiboriga tushdi.

Eslatib o‘tamiz, Mussa Diabi "PSJ" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Avvalroq, fransuz klubi yozgi transfer oynasida sobiq futbolchisini qaytarish niyatida ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 18:37, 06.05.2022.
O'qildi: 1598 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик