Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

«Portu»: Rekordga bir nafas qolganida-ya...

«Portu»: Rekordga bir nafas qolganida-ya...

Baho:
+ | -

Eh, «Portu», «Portu»... Portugaliya Primerosi peshqadami 25 aprel kuni 31-tur doirasida «Braga» mehmoni bo‘ldi va ortga mag‘lubiyat bilan qaytdi - 0:1...

Shu tariqa, «ajdaho»larning milliy ligadagi uzundan-uzun mag‘lubiyatsiz seriyalari uzildi. Diqqat qiling, «Portu» milliy chempionatda oxirgi marta 2020 yilning oktyabr oyida yutqazgan edi. Jamoa shundan keyingi naq 58ta o‘yinda mag‘lubiyat nimaligini bilmadi - 47ta g‘alaba va 11ta durang. Biroq portuliklar eng muhim pallada yana bir qadam tashlay olishmadi...

Alohida ta’kidlash kerak, 58ta o‘yinga teng mag‘lubiyatsizsiz seriya - bu Portugaliya milliy chempionati rekordi. Mamlakatning boshqa biror klubi bunday natija bilan maqtanolmaydi. Portugaliya Primerosida ketma-ket o‘yinlarda yutqazmaslik bo‘yicha ikkinchi uzun seriya «Benfika»ga tegishli. Lissabon drujinasi tomonidan 1978 yili o‘rnatilgan rekord 56ta o‘yinni o‘z ichiga olgandi. Mana, «Portu» 44 yil ushlanib turgan natijani yaxshiladi. Biroq unga Yevropaning kuchli ligalari rekordini o‘zgartirish nasib etgani yo‘q. Aniqroq aytsak, portuliklar «Milan» tomonidan 1991-1993 yillar oralig‘ida o‘rnatilgan yuqori natijani takrorlashdi, ammo yangilashlariga bir nafas yetmay qoldi. Ha, mashhur Fabio Kapello boshqargan «rossonerlar» ham «A» seriyada ketma-ket kelgan 58ta o‘yinni mag‘lubiyatsiz yakunlashgan edi.

Butun Yevropada esa bu borada Ruminiyaning «Styaua»siga teng keladigan jamoa yo‘q. Diqqat qiling, Buxarest jamoasi milliy ligada 1986-1989 yillar oralig‘ida naq 104ta o‘yin davomida mag‘lubiyatsiz odimlagan. «Styaua» o‘shanda qatorasiga 5 marta Rumiya chempioni bo‘lgan va mavsum-1985G‘1986da Yevropa chempionlar kubogini ham qo‘lga kiritgandi.


Yevropa milliy chempionatlaridagi eng uzun mag‘lubiyatsiz seriyalar

*** 104ta: «Styaua» (Ruminiya) - 1986-1989 yillar

*** 88ta: «Linkoln» (Gibraltar) - 2009-2014 yillar

***  63ta: «Sherif» (Moldova) - 2006-2008 yillar

*** 63ta: «Seltik» (Shotlandiya) - 1915-1917 yillar

*** 62ta: «Levadiya» (Estoniya) - 2008-2009 yillar

*** 60ta: «Yunion» (Belgiya) - 1933-1935 yillar

*** 59ta: «Shirak» (Armaniston) - 1993-1995 yillar

*** 59ta: «Pyunik» (Armaniston) - 2002-2004 yillar

*** 58ta: «Milan» (Italiya) - 1991-1993 yillar

*** 58ta: «Olimpiakos» (Gresiya) - 1972-1974 yillar

*** 58ta: «Skonto» (Latviya) - 1993-1996 yillar

*** 58ta «Portu» (Portugaliya) - 2020-2022 yillar

*** 56ta: «Benfika» (Portugaliya) - 1976-1978 yillar

*** 56ta: «Seltik» (Shotlandtya) - 2016-2017 yillar

Yevropaning eng kuchli ligalarida vaziyat qanday? «A» seriya rekordi «Milan»ga tegishli ekanligi aytildi. Qolganlarida mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha qaysi klublar oldinda?

Italiya «A» seriyasi: «Milan» - 58ta o‘yin (1991-1993 yillar)

Germaniya Bundesligasi: «Bavariya» - 53ta o‘yin (2012-2014 yillar)

Angliya Premyer Ligasi: «Arsenal» - 49ta o‘yin (2003-2004 yillar)

Ispaniya La Ligasi: «Barselona» - 43ta o‘yin (2017-2018 yillar)

Manba: iff.uz
Kiritildi: 19:30, 06.05.2022.
O'qildi: 2141 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.