Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 17:30 Marokash 6-3 Panama
19/09 17:30 Eron 9-4 Gvatemala
19/09 19:30 Neftchi 2-2 Qizilqum
19/09 20:00 Portugaliya 3-2 Tojikiston
19/09 20:00 Fransiya 7-3 Venesuela
19/09 21:45 Feyenoord 0-4 Bayer
19/09 21:45 Srvena Zvezda 1-2 Benfika
19/09 22:00 Leganes 0-2 Atletik Bilbao
19/09 23:59 Monako 2-1 Barselona
19/09 23:59 Atalanta 0-0 Arsenal
19/09 23:59 Atletiko 2-1 RB Leypsig
19/09 23:59 Brest 2-1 Shturm
20/09 17:00 Lokomotiv 0-1 Navbahor
20/09 17:30 Tailand 1-9 Braziliya
20/09 17:30 Kuba 0-7 Xorvatiya
20/09 19:15 So‘g‘diyona 1-1 Andijon
20/09 20:00 Kosta-Rika 5-3 O‘zbekiston
20/09 20:00 Niderlandiya 5-2 Paragvay
20/09 21:30 Kalyari - Empoli
20/09 23:45 Verona - Torino
21/09 00:00 Alaves - Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol

“Real” qutqaruvchisiga aylangan, 16 yoshida “Liverpul”ga o‘tishi mumkin bo‘lgan Rodrigо haqida

“Real” qutqaruvchisiga aylangan, 16 yoshida “Liverpul”ga o‘tishi mumkin bo‘lgan Rodrigо haqida

Baho:
+ | -

"Real Madrid" Chempionlar ligasida yana dahshatli kambekni amalga oshirdi. 21 yoshli Rodrigo yana Benzema bilan birga klubning qutqaruvchisiga aylandi! Uch hafta oldin uning goli madridliklarga “Chelsi” bilan o‘yindagi g‘alabaga yordam bergan bo‘lsa, 3 kun oldin“Bernabeu”da braziliyalik futbolchi 2 daqiqada dubl qayd etib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Shu sabab, bugun biz sizga yosh iqtidor futbolchi haqida bilishingiz kerak bo‘lgan hamma narsa haqida hikoya qilmoqchimiz.

Nima uchun Rodrigoni yangi Neymar deyishadi?

Rodrigo San-Pauluda tug‘ilgan bo‘lib, braziliyalik sobiq futbolchi Erik Batistaning o‘g‘li hisoblanadi. Batista asosan kichik ligalarida o‘ynagan. Xullas, o‘g‘lida futbolga bo‘lgan ishtiyoq uyg‘onganida, otasi uchun uni qaysidir futbol maktabiga joylashtirsh qiyin bo‘lmadi.

Robinyo karyerasidan zavqlangan ota, Rodrigoni ham "Santos" akademiyasiga o‘qishga qo‘ydi. Lekin uni katta futbolga emas, balki futzalga berdi. Sababi, Robinyo tez qaror qabul qilish, to‘pni boshqarish va gol urishni his qila olish qobiliyatini futzalda o‘rgangan va shu sabab ham Rodrigo dastlabki ta’limni sportning ushbu turidan olishni istagan. 

Reja ish berdi va 11 yoshidayoq Rodrigo tengdoshlari orasida ajralib tura boshladi va shundan keyin katta futbolga o‘tdi. 2011 yilda braziliyalik shtat chempionatida 7 ta gol urdi, keyingi mavsumda esa 20 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi va Paulistaning eng yaxshi to‘purariga aylandi.

Braziliyalik jismoniy kuch va kuchli mushaklarning yetishmasligi kabi kamchiligini o‘z iste’dodi va texnika bilan yopib ketdi, shuning uchun Rodrigo o‘z yoshidagi futbolchilar orasida yaxshi o‘yin namoyish etishi hech kimni ajablantirmadi.

Ammo 16 yoshida o‘zining ilk professional shartnomasini "Santos" bilan imzolagani va kattalar jamoasida debyut qilgani ko‘pchilikni hayratda qoldirdi.

O‘shanda Braziliya futbolining yangi yulduzi nomi allaqachon butun mamlakat bo‘ylab tarqalib ketgan edi. Rodrigoning o‘yin uslubi va uning yo‘li 2010-yillarda barcha yosh futbolchilarning kumiri bo‘lgan Neymarga juda o‘xshardi, shuning uchun yosh braziliyalik “yangi Neymar” deb atala boshladi.

“Santos” akademiyasida ishlaganlarning barchasi Rodrigo o‘yin uslubi bo‘yicha Neymarga o‘xshashini bilishardi.

“Uzoq vaqt davomida biz bunday o‘xshashlikni ko‘rmaganmiz: tezlikda harakat qilish, yakkama-yakka kurashlarda g‘olib bo‘lish, tezkor oyoqlar va pozisiya”, - deb tan oldi “Santos” yoshlar jamoasi ustozi.

Rodrigoning o‘zi bunday taqqoslashni yaxshi qabul qiladi, lekin u bu o‘xshashlikni har tomonlama rad etadi.

“Faoliyatimni “Santos”da boshlaganimdan beri meni yangi Neymar yoki yangi Robinyo” deb atashadi. Men doim bu yukni ko‘targanman. Lekin har doim ularga Rodrigo bo‘lishni va o‘z hikoyamni yozishni xohlayotganimni aytganman. Robinyo va Neymar Santos, Braziliya va ular o‘ynagan klublar uchun kumir hisoblanadi. Lekin men endigina faoliyatimni boshladim va keyingi Neymar bo‘lish haqida o‘ylaganim yo‘q. Faqat bitta Neymar bor. Men yangi Neymar emas, Rodrigo bo‘lishni xohlayman”, - dedi futbolchi.

"Liverpul" "Real"dan oldin Rodrigoni sotib olishi mumkin edi

Rodrigoning futbol yo‘li Neymarnikiga yanada o‘xshash bo‘lishi mumkin edi. 2018 yilda "Real Madrid" bilan birga "Barsa" ham yosh braziliyalik futbolchiga da’vogarlik qilgan. Kataloniyaliklar vakili shartnoma shartlarini kelishish uchun shaxsan Braziliyaga uchib ketdi. Biroq u bitim bo‘yicha kelisha olmadi: “Barselona” 30 million yevrodan oshmaydigan summani taklif qildi, “Santos” esa 50 millionni talab qildi.

Bundan bir yil oldin Rodrigo “Liverpul”ga o‘tishi mumkin edi. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, Yurgen Klopp 16 yoshli iqtidorni YouTube’da topdi va u bilan shartnoma imzolash g‘oyasini amalga oshirishga harakat qildi.

“Rodrigo 16 yoshida “Santos” bilan ilk professional shartnomasini imzolamoqchi bo‘lganida, menga “Liverpul” direktori qo‘ng‘iroq qilib, Klopp Rodrigo haqida bilishini, u bilan bo‘lgan materialni ko‘rganini va Rodrigoni shaxsan o‘zi kuzatayotganini aytdi”,- dedi. futbolchining agenti Nik Arkuri.

Klopp YouTube’ga kirib, “braziliyalik iste’dod” deb qidirdi. Natijada Rodrigo qatnashgan videoniko‘rib qoldi. O‘sha paytda u juda yosh edi. Klopp Braziliyaga keldi va Rodrigoning o‘yini kuzatdi.

“Ular men bilan bog‘lanishdi. "Liverpul" direktori Rodrigo bilan shartnoma imzolamoqchi edi. Men men ular bilan ertasigayoq uchrashdim, sababi o‘sha paytda Londonda edim. “Liverpulning Londonda ham ofisi bor edi. Men ularning taklifini Modestoga (Santos prezidenti) yetkazdim. Ammo Modesto bu fikrga qo‘shilmadi. Ma’lum bo‘lishicha, "Santos" Rodrigoni sotishni istamagan va buning o‘rniga u bilan ilk professional shartnoma imzolagan. Ammo bu Rodrigo uchun birinchi rasmiy taklif edi va u o‘sha paytda 16 yoshda bo‘lgan”, - deydi agent. 

Oxir-oqibat futbolchining transferini “Real” amalga oshirdi. Madrid klubi braziliyalik uchun 45 million yevro to‘ladi va Rodrigo bilan 2025 yilgacha shartnoma imzoladi. Shuningdek, u klubda yiliga 4 million yevroga yaqin maosh olishi va futbolchining vakillariga uchun 10 million yevro bonus berilishi ham belgilandi.

Transfer 2018 yilning iyun oyida e’lon qilingan edi. Dekabr oyida Rodrigo shahar va jamoa bilan tanishish uchun Madridga uchib keldi va 2019-yilning 25-sentyabr kuni “Real Madrid” safida “Osasuna” bilan o‘yinda (2:0) 71-daqiqada Vinisiusning o‘rniga maydonga tushdi.

Rodrigo qanday rekordlarni yangiladi?

Rodrigo kattalar futbolida qatnasha boshlaganiga atigi besh yil bo‘lishiga qaramay, u allaqachon ko‘plab rekordlarni o‘rnatgan va muhim yutuqlarga erishgan. Quyida asosiylarini keltiramiz:

  • 2018-yilning 1-martida Rodrigo Libertadores kubogida Peruning “Real Garsilaso” klubiga qarshi o‘yinda debyut qildi va turnir tarixidagi eng yosh “Santos” futbolchisiga aylandi (17 yosh-u 50 kun).
  • 2018-yilning 15-martida Rodrigo Libertadores kubogida Urugvayning “ Nasyonal” klubiga qarshi o‘yinda ilk golini kiritib, Libertadores kubogida gol urgan eng yosh braziliyalik bo‘ldi (17 yosh-u 64 kun).
  • "Osasuna"ga qarshi o‘zining La Ligadagi debyutida Rodrigo maydonga tushganidan bir daqiqa o‘tib gol urdi va "Real Madrid" safida gol urgan 21-asrda tug‘ilganbirinchi futbolchiga aylandi.
  • 2019-yilning 6-noyabrida Rodrigo 18 yosh-u 301 kunligida Chempionlar Ligasida “Galatasaroy” darvozasini ishg‘ol qildi va “Real” safida Rauldan keyin (18 yosh 113 kun) ikkinchi eng yosh gol muallifiga aylandi.
  • 2020-yilning 4-noyabr kuni Rodrigo Chempionlar ligasidagi 5-golini “Inter” darvozasiga kiritdi va XXI asrda tug‘ilgan futbolchilar orasida YECHLdagi to‘purarga aylandi.
  • "Siti"ga qarshi yarim finalda dubl qayd etgan Rodrigo Chempionlar Ligasi pley-off tarixida 89 daqiqadan so‘ng (qo‘shimcha vaqtni hisobga olmaganda) 2 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.
  • 2020 yilda nufuzli Goal.com portali Rodrigoni dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb tan oldi.

Rodrigo "Real Madrid" bilan ikki marta mamlakat kubogi va ikki marta chempionlikni qo‘lga kiritgan. U Madrid klubi safida 103 o‘yin o‘tkazib, 17 gol urgan va 20 golga assistentlik qilgan. Ammo uni endigina 21 yoshda ekanligini unutmaylik...

Kiritildi: 14:54, 07.05.2022.
O'qildi: 5217 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.