Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 16:30 Torino - Lechche
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted - Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

Viktor Kumikov: "Moskvani ham birdaniga qurishmagan-ku!"

Viktor Kumikov: "Moskvani ham birdaniga qurishmagan-ku!"

Baho:
+ | -

“Andijon” jamoasi o‘z maydonida “Mash’al”ga qarshi bahsda yana mardonavor o‘yin ko‘rsatib 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjunida mezbonlar ustozi Viktor Kumikov ishtirok etdi.

- Viktor Balyutovich, avvalo uchrashuv borasida nimalarni ayta olasiz?

- Barchangiz ko‘rdingiz, o‘yin ancha qiyin o‘tdi. Superligaga chiqmoqchi bo‘lgan klublar o‘rtasidagi uchrashuv doimo og‘ir kechgan. “Mash’al” bekorga 1-o‘rinda emasdi va hali mag‘lubiyatga uchramagandi. Bugungi natija biz uchun juda muhim edi va bunga erishdik. O‘yinchilar ruhiy tomondan o‘zlarini qo‘lga olishga harakat qilishdi. Darvozalar oldida xavfli vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. Biz birinchi bo‘limda shunday vaziyatlarni ko‘pini o‘tkazib yubordik. Kamchiliklarimiz ustida yana ishlaymiz. Axir Moskvani ham birdaniga qurishmagan-ku!

- Umuman olganda, o‘yindan to‘liq qoniqdingizmi?

- Qachonki, men g‘alaba qozonsam shunda hammasidan qoniqqan bo‘laman. Futbolning chiroyli tomoni shundaki, sen g‘alaba qozonsang hammasi zo‘r bo‘ladi.

- Nima uchun asosiy tarkibda darvozabon Xurshid Xodjayevni maydonga tushirdingiz?

- Bizda ikkita teng kuchga ega bo‘lgan darvozabonlar bor. Kim o‘yinga 100 foiz tayyor bo‘lsa, o‘shani tushiraman. Balki keyingi uchrashuvda Eldor Adhamovni maydonga tushirarmiz.

- Nima sababdan ilk o‘zgarishni 80-daqiqadan keyin amalga oshirdingiz?

- O‘yindan kelib chiqib, shunday qarorga keldim. Biz mag‘lubiyatga uchrayotgandik. Shularni hisobga olib kechroq o‘yinchi almashtirishga qaror qildim. O‘yinchi almashtirsam, balki u xato qilib qo‘ysa-chi? Shularni hisobga oldim. Ikkinchi bo‘limda o‘yinni holatidan kelib chiqib futbolchilarni almashtirishga qaror qildim. Bizni zaxiramizda yosh o‘yinchilar bor. Mag‘lubiyatga uchrayotgan chog‘imizda yoshlarni maydonga tushirishni unchalik xohlamadim. Agar kutilmaganda ular xatoga yo‘l qo‘yishsa yanada qiyin holatga tushib qolishimiz mumkin edi. Futbolchilarni ruhiy holati bilan bog‘liq jarayon bo‘lganligi sababli jamoani qiyin ahvolga solib qo‘ygim kelmadi. Shaxsan men yoshlarni ko‘proq maydonga tushirishni xohlayman. Ammo hisob 2:0 va undan kattaroq hisoblarda yutayotgan bo‘lsak, bu ishni bajarsam bo‘ladi. Lekin mag‘lubiyatga uchrayotgan chog‘imizda buning mavridi emasdi. Bunday qiyin uchrashuvlarda kam o‘ynayotgan o‘yinchilarni tavakkal qilib maydonga tushirib bo‘lmaydi.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 20:26, 07.05.2022.
O'qildi: 990 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.