Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Aqldan ozdiruvchi effekt!

Aqldan ozdiruvchi effekt!

Baho:
+ | -

«RB Leypsig» 17 aprel kuni Bundesliga 30-turi doirasida Leverkuzenda «Bayer» mehmoni bo‘ldi va Dominik Soboslai urgan yagona gol evaziga ortga yana 3 ochko bilan qaytdi.

Shu tariqa «qizil buqalar» o‘z ochkolari sonini 54taga yetkazib, turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarildi - anchadan buyon ilk marta. Vaholanki, Domeniko Tedesko boshqaruvni o‘z qo‘liga olgan payt jamoa sof o‘rtamiyonalar darajasida natija ko‘rsatayotgandi.

Ha, «RB Leypsig» Bundesliganing ikkinchi yarmida aqlga sig‘mas yuqorilashni qayd etdi. Aniqroq ifoda etsak, «qizil buqalar» 11-o‘rindan 3-o‘ringa chiqish oralig‘ida Bundesliga doirasidagi 9ta o‘yinda mag‘lubiyat nimaligini bilishmadi. Bu seriya o‘z ichiga 7ta g‘alaba va 2ta durangni olgani ham diqqatga sazovor. Endi bemalol aytish mumkin: Domeniko Tedeskoning bosh murabbiy lavozimiga tayinlangani «RB Leypsig» qiyofasiyu, vajohatini butunlay o‘zgartirib yubordi. Eslatma, bu mutaxassis «qizil buqalar» boshqaruvini 2021 yilning 9 dekabr kuni, 14-turdan keyin qo‘lga oldi. Klub o‘shanda bundesjadvalning ikkinchi yarmida edi - 11-o‘rin. Qarang, 16ta turda 8 pog‘ona yuqorilagan jamoa endi CHL yo‘llanmasiga dangal chang solmoqda. Umuman olganda, «RB Leypsig» germaniyalik mutaxassis qo‘l ostida atigi 2 marta mag‘lubiyat ko‘chasiga kirdi (har ikkisi Bundesligaga to‘g‘ri keldi - «Arminiya» va «Bavariya»ga qarshi o‘yinlar).

Endi maxsus grafika qarang va Domeniko Tedesko effektini o‘zingiz baholang.

«RB LEYPSIG»NING TEDESKO RAHBARLIGIDA BUNDESLIGADA qAYD ETGAN ASOSIY g‘ALABALARI

15-tur. «RB Leypsig» - «Borussiya» M. - 4:1

Tedesko birinchi o‘yindayoq kuchli raqibdan 3 ochko tortib olinishini ta’minladi. Jamoa shu tariqa jadvalning 11-qatoridan birdaniga 7-o‘ringa sakradi.

18-tur. «RB Leypsig» - «Mayns» - 4:1

Tedesko jamoasi 3 turdan so‘ng jadval bo‘yicha bevosita raqiblaridan biri bilan uchrashdi. Yana, g‘alaba, yana 4:1. Andre Silva (2ta), Kristofer N*Kunku va Dominik Soboslai urgan gollar natijasida 6-o‘rinda turgan «Mayns» 9-pog‘onaga quladi.

22-tur. «RB Leypsig» - «Kyoln» - 3:1

«Echkilar»dan tortib olingan 3 ochko «RB Leypsig»ga yana 3 pog‘ona ko‘tarilish imkonini berdi 7-o‘rindan 4-qatorga. Tedesko jamoasi shu-shu jadvalda 5-o‘rindan pastga tushmadi.

28-tur. «Borussiya» D. - «RB Leypsig» - 1:4

Dortmund «Borussiya»si ustidan qozonilgan yutuq «RB Leypsig»ning turnir jadvalidagi holatini o‘zgartirmagan bo‘lsa-da, jamoaga katta ma’naviy naf keltirgani tayin. Har holda, pandemiya boshlanganidan buyon ilk marta liq to‘lgan «Signal Iduna Park»da mezbonlarning yirik hisobda mag‘lub etish bahosi ancha baland.

30-tur. «Bayer» - «RB Leypsig» - 0:1

«RB Leypsig» Leverkuzendagi g‘alaba ortidan nihoyat, turnir jadvali 3-pog‘onasiga chiqdi. Ha, endi ikki yetakchi - «Bavariya» va «Borussiya» D. klublaridan o‘zib ketish deyarli imkonsiz. Shunday ekan, Tedesko drujinasi bor e’tiborini kuchli uchlikda qolishga qaratsa kerak. Katta intriga keyingi mavsumga!

Bundesliga 31-turiga kelib, «RB Leypsig»ning 9ta o‘yinga cho‘zilgan mag‘lubiyatsiz odimi uzilib qoldi. Qarangki, Tedesko shogirdlari o‘z maydonlarida «Union»ga yutqazib qo‘yishdi. Boz ustiga, jamoa 1:0 hisobida oldinda borib, 86 va 89-daqiqalarda qo‘yib yuborilgan gollar tufayli yengildi va turnir jadvalida 4-o‘ringa surildi. «RB Leypsig» shu omadsiz o‘yindan oldin aynan «Union»dan ustun kelib, Germaniya kubogi finaliga chiqqandi.

Manba: iff.uz
Kiritildi: 12:12, 08.05.2022.
O'qildi: 1796 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.