Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

«Liverpul» kvadrupldan uzoqlashdimi?

«Liverpul» kvadrupldan uzoqlashdimi?

Baho:
+ | -

Kecha "Liverpul" juda qiyin bahsda "Tottenxem" bilan durang o‘ynadi - 1:1.

Ammo Klopp jamoasi uchun bu durangni mag‘lubiyatdan unchalik farq qilmas natijaga yo‘yish mumkin. Chunki, "qizillar" chempionlik uchun kurash poygasining eng muhim pallasida ochko yo‘qotishdi. Endi "Liverpul" ochkolar bo‘yicha "Man Siti"ga tenglashib oldi, lekin bir o‘yin ko‘proq o‘tkazishgan. Chempionlik taqdiri allaqachon Gvardiolaning qo‘lida. Ammo endi bu ustunlik yanada ishonchliroq bo‘lishi mumkin: bugun «Siti» «Nyukasl»ni mag‘lub etib, jamoa allaqachon uch ochkoga raqibidan oldinga chiqib ketdi.

• Bu voqealarga asosiy sababchi sifatida "Man Siti" Antonio Kontening "Tottenxem" jamoasiga minnatdorchilik bildirishi kerak. Kecha "shporlar" "Enfild"da ajoyib o‘yin ko‘rsatdi va hatto g‘alaba qozonishi ham mumkin edi - ammo Pyer-Emil Xyoybyergga butun o‘yin davomida omad kulib boqmadi: birinchi bo‘limda daniyalik futbolchi raqib darvozaboniga ancha qiyinchilik tug‘dirdi. Ammo buning foydasi bo‘lgani yo‘q.

• Jamoadoshining omadsizligi Son Xyon Minning harakatlariga ham soya soldi. Garchi koreyalik o‘yinda gol urgan bo‘lsa-da, bundanda foydali harakatlar qila olishi mumkin edi. Umuman olganda, Son joriy mavsumda allaqachon 20 ta gol urgan. Bu borada Salohga yetib olish uchun atigi ikkita gol qolgan. Shu bilan birga misrlik futbolchi gollarining beshtasini penaltidan urgan. Sonda esa umuman bunaqa bonus yo‘qligini ham alohida ta’kidlash kerak.

To‘pni olishlari bilan "shporlar" uni Keynga berishadi, u esa Sonni qiyinchiliklarsiz topib oladi. Bu ikkala futbolchi bir-birlarini shu qadar yaxshi tushunishadiki, hujum qanday rivojlanishini oldindan his qilib turishingiz mumkin. Bu xuddi navigator o‘rnatilgan telefonga o‘xshaydi, u oyog‘iga to‘p tushishi bilan Sonni topib oladi. Bu hayratlanarli", - deydi Klopp o‘yindan oldin koreysni maqtab, biroq nemis mutaxassisiga yordam bermadi.

• "Liverpul" Premyer-ligada 13 uchrashuvdan buyon ilk bor o‘z uyida g‘alaba qozona olmadi. Jamoa oxirgi marta 30 oktabr kuni “Enfild”da “Brayton”ga qarshi o‘yinda (2:2) ochko yo‘qotgan edi. O‘shandan beri Klopp shogirdlari ketma-ket 12 ta g‘alabaga erishib, umumiy 35:2 hisobidagi to‘plar farqini yuzaga keltirishgan.

• «Liverpul»ning 6 o‘yindan iborat g‘alabali seriyasi tugadi. Klopp shogirdlari Premyer-ligada so‘nggi bor 10 aprel kuni «Siti»ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozona olmagan, dekabr oxirida «Lester»ga yutqazgan edi.

"Vilyarreal" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, "Liverpul" muxlislari va futbolchilari bu mavsumda birinchi marta to‘rtta sovrin haqida gapirishni boshlab yuborishdi, ularda bunga bo‘lgan ishonch oshib ketdi. Biroq oradan uch kun o‘tar o‘tmas kvadrupl haqidagi o‘ylar puchga chiqmoqda. Biroq shoshilishga hali erta.

«Siti» va «Liverpul»ning taqvimi taxminan teng: ikkalasi ham «Vulvz» va «Aston Villa» bilan o‘ynashlari kerak. Ammo Pepni yana bir sinov kutmoqda - Moyesning "Vest Xem"i.
Ehtimol, mo‘’jiza hali ham mumkindir?

Kiritildi: 00:33, 09.05.2022.
O'qildi: 2199 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик