Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Borussiya D" bu hujumchi uchun 38 million yevrodan kechadi

"Borussiya D" bu hujumchi uchun 38 million yevrodan kechadi

Baho:
+ | -

“Zalsburg” hujumchisi Karim Adeyemi faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin, deya xabar berdi jurnalist Fabrisio Romano.

Manbaga ko‘ra, "Borussiya Dortmund" o‘zini 20 yoshli nemis futbolchini qo‘lga kiritishda favorit deb hisoblamoqda.

Qayd etilishicha, nemis klubi futbolchi bilan og‘zaki kelishuvga erishgan va tez orada hujumchi bilan shartnoma imzolaydi. "Zalsburg" Adeyemi uchun 38 million yevro oladi.

Karim joriy mavsumda barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 35 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 04:48, 09.05.2022.
O'qildi: 1744 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.