"Liverpul" bu borada "Lids Yunayted"ni ortda qoldirishga harakat qiladi. Xabarlarga ko‘ra, Shotlandiyaning "Aberdin" klubi futbolchisi Kalvin Remzi mersisaydliklar radarida turibdi.
18 yoshli himoyachi bu mavsumda porlagan edi. "Liverpul" u uchun 5 million dollar to‘lashga tayyor ekanini bildirgan.