Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Xoland va Mbappening taqdiri yaqin kunlarda aniq bo‘ladi, de Yong Manchester tomon otlanmoqda. Yozning kutilayotgan “qaynoq” transferlari

Xoland va Mbappening taqdiri yaqin kunlarda aniq bo‘ladi, de Yong Manchester tomon otlanmoqda. Yozning kutilayotgan “qaynoq” transferlari

Baho:
+ | -

 

Yozgi transfer oynasi ochilishiga ham ko‘p vaqt qolmadi. Ba’zi klublar o‘z tarkibini kuchaytirish istagida bo‘lsa, yana ba’zilari yaxshigina ko‘rish niyatida. Futbolchilar ham shunday ulardan kimlarningdir shartnomasi tugash arafasida bo‘lsa, yana kimlardir yangi shartnoma imzolashni istashmoqda. Qo‘yida esa, yozda o‘z jamoasini o‘zgartirishga yaqin futbolchilar haqida so‘z yuritamiz.

Erling XOLAND (“Borussiya D”)

Erling hozirgi kun futbolida eng kelajagi porloq futbolchilardan biri hisoblanadi. Xoland haqida juda ko‘p shov-shuvlar bo‘ldi. Kimlardir uni “Barselona”ga o‘tishi haqida yozdi. Yana ba’zilarning aytishicha u Mbarre bilan bir jamoada “galaktikos”ni tashkil etmoqchimish.

 Ammo so‘nggi kunlar voqeligi uni “Manchester Siti”ga yaqinlashtirib qo‘ydi va bu transfer amalga oshishi haqiqatga juda yaqindek ko‘rinmoqda. Gvardiola sof top hujumchisiz Chempionlar ligasida zafar qucha olmasligini tushindi va Xolandni ko‘zlagan. Albatta rahbariyat ham bu transfer ustida ishlamoqda. Rayolaning vafoti va Xolandning otasi Alf “shaharliklar” tarkibida o‘ynagani esa vaziyatni real ko‘z bilan ko‘rishga imkon yaratmoqda. Erling yozda Manchesterning “ko‘klari” tomoniga katta “ko‘klar” evaziga kelib qo‘shilishi ehtimoli juda yuqori.

Kilian MBAPPE (“PSJ”)

Mbappe ham Erlingdan kam “gap-so‘z” bo‘lmadi. “PSJ” yetakchisi OAV habarlarida 10 martalab “Real”ga kelib qo‘shilib, yana parijliklar bilan shartnomani uzaytirdi. Ammo ishonamizki, Mbappe “PSJ”ja qolishni istamayapti. Endi hamma gap “Don Karlo” va Peres uni “Real”ga qay darajada kerakli ekanligini aniqlashtirishda. “Galaktikos” YECHLda zafar quchsa, ular bu haqida ikkilanib qolishadi. Vini yoki Mbappe, albatta bu jiddiy tanlov. Ular bir pozisiya futbolchilari va yana bir o‘xshashlik ular boshqa joyda o‘zini erkin his qila olmaydi.

“Tovuq miya” tarifi ko‘p ishlatiladigan Vini har xolda “Real” muxlislarining suyukli futbolchisiga aylanib qolgan. Karim markazda fantastik o‘ynayotganda, chap qanotda esa raqobat yetarli bo‘lib turganda, rostan Kilian “Real”ga kerak bo‘larmikin. Shuncha paradoks ko‘zga tashlanayotgan paytda ham hamma Kilianni “Real”ga o‘tishi shubhasizligini gapirmoqda.  

Frenki de YONG (“Barselona”)

Pedri jarohat olmaguncha bu yangiliklar “feyk”dan boshqa narsa emasdek ko‘ringandi. Ammo hozirga kelib de Yong rostan ham “Barselona”dan ketishi mumkin. Birinchidan, Frenki hamon o‘sha-o‘sha, ya’ni unda o‘sish ko‘zatilmayapti. Ikkinchidan, de Yongda hujumni qo‘llab-quvvatlash yetarli darajada emas. Uning roliga katta ehtimol Kessye asosiy davogar bo‘lib turipti. Uchinchidan, de Yongni Bernardu bilan almashtirish Xaviga ham ma’qul kelishi mumkin. Chunki Silva hujumkor va barsabop futbolchi. Portugaldagi variantlar ko‘p, yani u bir hil o‘ynamaydi va kreativroq hisoblanadi. Ammo Xavi qurayotgan uslub, erta pressingda Silva kuchli emas.

 Yana bir variant de Yongning “MYU”ga o‘tishi. Bu ham haqiqatga yaqin. Ten Hagning “qizil iblislar”da ish boshlashi va o‘zining shogirdlarilan bir qanchasini jamoasiga taklif qilishi ehtimoli bor. “MYU”ning markazdagi beqarorligi Frenkiga muhtojligiga sabab bo‘la oladi. Agar unday bo‘lsa, “Barselona” boshqa yarim himoyachi harid qiladi (Kessyedan tashqari). Bunda ham kataloniyaliklarda variant bor. Balki Pogba “ko‘k-anorranglilar” safiga kelar. “MYU”da esa Donni van de Beek va Frenki de Yong juftligini ko‘rishimiz mumkin.

Davomi bor.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:04, 09.05.2022.
O'qildi: 6639 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.