Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Og‘ir atletika. Iraklionda O‘zbekiston uchun atalgan kun yoxud Jabborovaning g‘alabasi sharafiga ikkinchi bor madhiyamiz yangraydi

Og‘ir atletika. Iraklionda O‘zbekiston uchun atalgan kun yoxud Jabborovaning g‘alabasi sharafiga ikkinchi bor madhiyamiz yangraydi

Baho:
+ | -

Gresiyada o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining bugungi kun bahslari terma jamoamiz uchun ataldi. Qizlar o‘rtasida -87 kg vazn toifasida o‘tkazilgan bahslarda Tursunoy Jabborova oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Dast ko‘tarish mashqida 109 kg natija bilan eng yaqin ta’qibchisini 9 kgga ortda qoldirgan Jabborova siltab ko‘tarish mashqida 129 kg toshni ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi. Shubhasiz, ikki kurashdagi 238 kg natijaga hamyurtimizning hech bir raqibasi yaqin kela olmadi va Tursunoy mutlaq chempionlikni rasmiylashtirdi.

Og‘ir atletika bo‘yicha U-20 JCH
Qizlar, -87 kg
1. Tursunoy Jabborova (O‘zbekiston) – 238 (109+129) kg
2. Entenza Reyes (Kuba) – 226 (99+127) kg
3. Elizabet Ouyens (AQSH) – 222 (99+123) kg

Eslatib o‘tamiz, bugungi bahslar davomida Sharofiddin Amriddinov ham -102 kg vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Shu tariqa, bugun Irakliondagi arenada ikkinchi bor O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangramoqda.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bugungi ajoyib g‘alabalar bilan O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi, chempionlarimiz va ularni tarbiyalagan murabbiylar, barcha muxlislarimizni qutlab qoladi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 20:29, 09.05.2022.
O'qildi: 1823 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик