Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Chempionlar ligasida «Real»ni yutgan murabbiy «Andijon» xususida nimalarni biladi?

Chempionlar ligasida «Real»ni yutgan murabbiy «Andijon» xususida nimalarni biladi?

Baho:
+ | -

“Andijon” klubining imijini oshirish yo‘lidagi ishlar faol tarzda olib borilmoqda. Ayniqsa, bu borada “Yulduzlar biz haqimizda” rukni ayni muddao. Bu orqali "Andijon" haqida O‘zbekistondan tashqarida ham ma’lumotlarga ega bo‘lishyapti.  

Yevropa Chempionlar ligasida “Real”ni o‘z uyida mag‘lub etgan klubni bilasizmi? Ha, bu o‘sha “Sherif”! Yodingizda bo‘lsa, “Santyago Bernabeu”da Moldova chempioni “Real”ni 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. O‘shanda hamyurtimiz Jasur Yaxshiboyev gol ham urgandi-ya!

“Sherif” bosh murabbiyi Yuriy Vernidub mazkur g‘alabadan keyin yanada mashhurlikka erishgani yodimizda. O‘sha Yuriy Nikolayevich “Andijon” matbuot xizmatiga jamoamiz xususida bilganlarini aytib berdi.

"Men bosh murabbiy Viktor Kumikovga “Andijon” bilan Pro ligada munosib ishtirok etib, qisqa tanaffusdan so‘ng Superligaga qaytishini tilab qolaman. Eng yaxshi tilaklarim shundan iborat.

Albatta, Viktor Balyutovich bilan shaxsan tanishman. U bilan bir necha marta uchrashganman va qanday saviyadagi murabbiy ekanligidan xabardorman. Vaqti-vaqti bilan bog‘lanib turardik. Lekin oxirgi paytlarda buning imkoni bo‘lmayapti.

Faqat shuni aytishim mumkinki, bu insonga “Andijon” bilan faqat g‘alabalar qozonishida omad yor bo‘lishini istayman. Har qanday holatda ham klubga keyingi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilayman.

Agar siz andijonlik muxlislarni O‘zbekistondagi birinchi raqamli ishqibozlar ekanligini ta’kidlayotgan ekansiz, u holda bundan xursandman. Shunday muxlislarga ega bo‘lgan klubning o‘rni esa kuchlilar safida bo‘lmog‘i darkor!", — dedi Vernidub.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 17:00, 10.05.2022.
O'qildi: 3483 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.