Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-2 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

2022 yilning eng yulduzli transferi amalga oshdi yoxud Xoland "Siti" uchun arzonga tushdimi yoki qimmatga?

2022 yilning eng yulduzli transferi amalga oshdi yoxud Xoland "Siti" uchun arzonga tushdimi yoki qimmatga?

Baho:
+ | -

Balki 2022 yilning eng shov-shuvli transferi yozgi transfer oynasi ancha oldin sodir bo‘lgandir. Endi rasman Erling Xoland - "Manchester Siti" futbolchisi!

To‘rt yil davomida Yevropaning deyarli barcha grand klublari qiziqishiga sababchi bo‘lgan Erling Xolandning transferi "Man Siti"ga qanchaga tushishi, norvegiyalik futbolchining maoshi va kelishuv amalga oshishida yordamga kelgan uchinchi shaxslar qancha foyda ko‘rganini aniqlashga harakat qilamiz.

Deyarli barcha "Real" Xoland bilan kelishib olgani, futbolchining otasi Madriddan uy sotib olganini muhokama qilayotgan bir vaqtda "shaharliklar" norvegiyalikni ishontirish uchun barcha usullarni qo‘llashdi. Va yakunda bular o‘z foydasini berdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Transfer qanday sodir bo‘ldi?

Turli manbalarga ko‘ra, "Manchester Siti" vakillari Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisining manfaatlarini himoya qilgan sobiq agent Mino Rayolaning oldiga kasalxonaga tashrif buyurishgan. Bu kelishuvga erishishda asosiy omil bo‘lib xizmat qilgan. Shuningdek, yaqin kunlarda ingiliz klubi bilan amaldagi shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirishi kutilayotgan Xosep Gvardiolaning asosiy sharti aynan Xolandni sotib olish edi. Futbolchining o‘zini ham ispan mutaxassisi bilan ishlash kelishuvning yana biri omili sifatida qaralmoqda.

Kelishuv "shaharliklar"ga qanchaga tushdi?

Transfer narxi bu kelishuvning eng qiziqarli va noaniq qismidir. The Telegraph xabariga ko‘ra, "Manchester Siti" Xolandni sotib olish uchun "asalarilar" qo‘ygan tovon pulini to‘lashadi. Shu bilan birga ular yana bir qancha qo‘shimcha xarajatlarga ham duch kelishadi. Ular quyidagilar:

— 75 million yevro Xolandning tovon puli

— 125 million yevro - shartnoma bonusi va futbolchining 5 yillik umumiy maoshi

— 50 million yevro Xolandning agentlari va vakillariga qo‘shimcha to‘lovlar.

Shu tariqa, "Man Siti" futbolchining transferi uchun umumiy miqdorda 250 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflaydigan bo‘ldi. Bu vaziyatdan "Borussiya" biroz afsuslansa arziydi. Chunki dortmundliklar sayyoramizning hozirgi vaqtdagi eng kuchli 3 ta markaziy hujumchilari qatoriga kiradigan Xoland transferidan bor yo‘g‘i 75 million ishlamoqda. Taqqoslash uchun, "Manchester Yunayted" Xarri Maguayr uchun "Lester" hisob raqamiga 93,5 million yevro o‘tkazib bergan bo‘lsa, Jeydon Sancho mankunianliklarga 80 millionga tushgan. Xa, aytgancha, Sancho aynan "asalarilar" safidan "MYU" tarkibiga borib qo‘shilgan.

Shu o‘rinda qiziqarli savol tug‘iladi. Asosiy o‘yin uslubi mayda paslar orqali raqibni "yanchib" tashlaydigan jamoada Xoland o‘z o‘rnini topa oladimi? Gvardiola "terminator"dan qanday foydalanadi? Buni kelasi 2022/23 yilgi mavsumda bilib olamiz.

Manba: championat.com
Kiritildi: 21:51, 10.05.2022.
O'qildi: 4468 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик