Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Xasta murabbiydan motivasion murojaat

Xasta murabbiydan motivasion murojaat

Baho:
+ | -

«Bolonya» hozir yaxshi formada: «A» seriyaning 13-jamoasi qatorasiga 6-uchrashuvda yutqazmadi, vaholanki, «Milan» bilan 0:0, «Yuventus» bilan 1:1 (95-daqiqada g‘alabani boy berdi) hisobidagi durang qayd etdi, «Inter»ni 2:1 ko‘rinishida yengdi. Axir mazkur muvaffaqiyat «neradzurrilar»ni chempionlikdan mosuvo qilishi ham mumkin.

Jamoa yutuqlarini leykemiyaga qarshi kurashayotgan Sinisha Mixaylovich bilan baham ko‘rmasa bo‘lmasdi. Shu sababli, futbolchilar shifoxonaning bosh murabbiy joylashgan xonasi yonida to‘planishdi. Bundan esa mutaxassisning ko‘ngli ancha ko‘tarilgani bor gap.

Umuman, Mixaylovich, xuddi 2019 yilda bo‘lgani kabi, videotizim orqali futbolchilar bilan aloqa o‘rnatmoqda. «Milan»ga qarshi kechgan bahs arafasida u shifoxonadan turib motivasiya beruvchi nutq so‘zlab, hech kim g‘amgin bo‘lmasligi kerakligini alohida ta’kidladi: «Men jismonan yoningizda emasdirman, lekin qalban doimo sizlar bilan birgaman. Afsuski, buni bir necha yil avval ham qilgandik, lekin shu palatadan turib jamoamiz uchun kurashishda davom etaman, ishonamanki, sizlar ham men uchun kurashasizlar. O‘z vaqtida, ushbu kasallikni yenggandik - buni yana uddalashimizga aslo shubham yo‘q. Hayotda shunday muammolar ham uchraydi, u bir tekis kechmaydi. Turli burilishlar, parvozlar, qulashlar uchraydi, lekin siz o‘rningizdan turib, sayohatni davom ettirishingiz kerak.

Og‘ir damlarda odamlarning turlicha munosabatiga guvoh bo‘larkansiz. Oldingizda ikkita yo‘l qoladi. Ulardan biri noxush - shikoyatlar va ishonchni yo‘qotish. Ikkinchisi - konstruktiv, jarayonning ijobiy tomonlarini qidirish bilan bog‘liq. Hozir o‘lchami uch kvadrat metr bo‘lgan xonada yashayapman. Bu vaqtinchalik holat. Ushbu xastalikni yengaman, shifokorlarga ishonaman, shunday ekan, entuziazmni xohlayman, xavotirli qiyofalarni ko‘rishni istamayman. G‘alaba qozonishimga ishonchim komil. Biz yaxlitlikni saqlashimiz lozim - agar nimagadir ehtiyoj sezsangiz, sizning ixtiyoringizdaman. Bilaman, natijalar borasida murakkab vaziyatdamiz, lekin maydondagi o‘yinlar haqida bunday demagan bo‘lardim. Milan safari oson kechmaydi. U yerda 60 ming muxlis bor, biroq ularga ham oson bo‘lmaydi».

Joriy yilning mart oyida Mixaylovich ahvol yanada yomonlashmasligi uchun shifoxonaga yotishini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, undagi leykemiya xastaligi 2019 yilning yozida aniqlangandi: yarim yil ichida serbiyalik mutaxassis kimyo terapiyaning uchta kursini va miya suyagining transplantasiyasini boshdan kechirdi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: iff.uz
Kiritildi: 23:01, 10.05.2022.
O'qildi: 1024 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.