"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Selta"ga qarshi 36-tur uchrashuvida (3:1) jarohat olgan klub himoyachisi Ronald Arauxoning sog‘lig‘i haqida fikr bildirdi.
“Shifokor bizga Arauxoning hushida ekanligini aytdi. U tunni kasalxonada o‘tkazadi, doktor tashvishlanmang, dedi. Ehtiyotkorlik uchun u yerda tunab qoladi, boshqa hech narsa yo‘q", — deya Xavining so‘zlaridan iqtibos keltirdi Marca.
Eslatib o‘tamiz, ikkinchi bo‘limda Arauxo sherigi Gavi bilan to‘qnashib ketgandi. Futbolchi hushini yo‘qotib, tez yordam mashinasida maydonni tark etgan.