Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

“Qizilqum” Superliganing 10-turidan boshlab Navoiyga qaytadi

“Qizilqum” Superliganing 10-turidan boshlab Navoiyga qaytadi

Baho:
+ | -

Ma’lumki, uy uchrashuvlari o‘tkaziladigan stadionda maydon yoki projektor bilan bog‘liq muammoga ega klublar mezbonlik maqomidagi o‘yinlarini O‘zPFL tomonidan qabul qilingan boshqa stadionlarda tashkil etib kelmoqda. 

Yaqindagina “Buxoro” sport majmuasidagi maydon hamda projektor bo‘yicha kamchiliklar bartaraf etilgani sabab “Buxoro” klubi o‘z uy arenasiga qaytgandi. Endi esa “Qizilqum” ham bu boradagi talablarni bajardi. Mavsum avvalidan buyon O‘zPFL ishchi guruhi Navoiydagi arenada chim bilan amalga oshirilgan ishlarni kuzatib bordi. 

“2022 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 16.8-bandiga asosan mezbon jamoa Musobaqaning rasmiy kalendar uchrashuvi boshlangunga qadar 20 kundan kech bo‘lmagan muddatda o‘yin kuni, joyi va vaqti borasida taklif berishga haqli. “Qizilqum”ning mana shunday taklifi asosida O‘zPFL ishchi guruhi Navoiyda bo‘ldi va amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Maydondagi zararlangan maysalarni almashtirish ishlari yakuniga yetgan. Qolaversa, stadion yoritgichlarida ham sozlash ishlari olib borilgan. Ayni paytda “Yoshlar” sport majmuasi yoritish tizimi 2379 LUX’ni tashkil etmoqda. 

Shundan kelib chiqib, “Qizilqum” 10-tur doirasidagi “Surxon”ga qarshi uchrashuvdan boshlab o‘z uy o‘yinlarini Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasida o‘tkazadi. “Qizilqum” — “Surxon” uchrashuvi 23 may, dushanba kuni soat 19:00 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun. “Qizilqum” har ehtimolga qarshi butun bir mavsum davomida AGMK stadionidan foydalanish bo‘yicha xat bergandi. Stadion bilan bog‘liq muammolar ertaroq bartaraf etilgach, Reglament asosida klubga 10-turdan boshlab Navoiyga qaytishga ruxsat berildi. AGMK bilan o‘yin esa shu yilning 27 fevral kuni imzolangan ikki klub o‘rtasidagi kelishuv asosida o‘tkaziladi. Mazkur kelishuv shu yilning 13 may sanasidan boshlab o‘z kuchini yo‘qotadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 10:03, 11.05.2022.
O'qildi: 1816 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.