"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong Ispaniya chempionatining 36-turida "Selta" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (3:1) Ronald Arauxo haqida qayg‘urayotganini aytdi.
"Biz Arauxoning yaxshi ekanini endi bildik... Umid qilamanki, u tez orada mashg‘ulot maydoniga qaytadi. Jamoadoshingizni hushidan ketishi doim sizni bezovta qiladi", - dedi niderlandiyalik yarim himoyachi.