Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Aston Villa" Koutinyoni sotib oldi

"Aston Villa" Koutinyoni sotib oldi

Baho:
+ | -

"Barselona" vingeri Filippe Koutinyo "Aston Villa"da qoladi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, "Aston Villa" braziliyalik futbolchini "ko‘k-anorranglilar"dan xarid qildi va 2026 yilga qadar shartnoma imzoladi. Transfer narxi hozircha noma’lum.

Koutinyo "Kamp Nou"ga 2018 yilning qishida "Liverpul"dan 135 mln yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi. U bir yil davomida "Bavariya"da ijara asosida o‘ynadi, ammo nemis grandi uni xarid qilishni xohlamadi. Filippe Kataloniya klubi tarkibida jami 106ta o‘yinda maydonga tushib, 25ta gol va 14ta assist qayd etdi.

Braziliyalik ushbu yilning yanvarida "Aston Villa"ga ijara asosida o‘tgan edi. 29 yoshli o‘yinchi joriy mavsum APL doirasidagi 16ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi. Transfermarkt uni 20 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 14:23, 11.05.2022.
O'qildi: 3666 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик