Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Iraklionda o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha JCH haqidagi qiziqarli faktlar

Iraklionda o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha JCH haqidagi qiziqarli faktlar

Baho:
+ | -

2-10 may kunlari Gresiyaning Iraklion shahrida yoshlar o‘rtasida navbatdagi dunyo birinchiligi o‘tkazildi. 62 mamlakatdan 300 nafardan ortiq yosh og‘ir atletika yulduzlari qatnashgan musobaqada hamyurtlarimiz munosib ishtirok etib, 5 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Keling, avvalo ushbu musobaqada qatnashgan sportchilarimizning qayd etgan natijalariga to‘xtalsak. Musobaqada ishtirok etgan 6 atletimizning 5 nafari medal qo‘lga kiritdi. Bu esa Iraklion safariga eng optimal tarkib yo‘l olganini ko‘rsatmoqda.

-55 kg: Jamila Panfilova (2 ta bronza)

-73 kg: Og‘abek To‘xtayev (4-o‘rin)

-89 kg: Hojiakbar Olimov (1 ta kumush)

-102 kg: Sharofiddin Amriddinov (2 ta oltin, 1 ta kumush)

-87 kg: Tursunoy Jabborova (3 ta oltin)

+109 kg: Mirhosil Mirzaboyev (3 ta kumush)

Ushbu natija bilan 62 davlat ichida umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdik.

Rekordlar. Musobaqa davomida 4 nafar sportchi 5 ta yoshlar toifasidagi jahon rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Ukrainalik Bogdan Xoza -109 kg vazn toifasining dast ko‘tarish mashqida dastlab 191 kg bilan musobaqagacha rekordni yangilagan bo‘lsa, keyingi urinishda 195 kg bilan o‘z ko‘rsatkichini mustahkamladi. Qoidaga ko‘ra, har ikki chiqish ham yangi rekord sifatida qayd etilgan. Musobaqada yangilangan barcha jahon rekordlari:

-61 kg: Xempton Morris (AQSH) – 160 kg (yangi rekord), siltab ko‘tarish (mashq);

-73 kg: Rizqi Juniansyax (Indoneziya) – 156 kg, dast ko‘tarish;

-109 kg: Bogdan Xoza (Ukraina) – 191 kg, dast ko‘tarish;

-109 kg: Bogdan Xoza (Ukraina) – 195 kg, dast ko‘tarish;

+109 kg: Alirizo Yusufiy (Eron) – 239 kg, siltab ko‘tarish.

Eng yaxshilar. Og‘ir atletika sportida eng yaxshi sportchilar ular qayd etgan ko‘rsatkichning toifadagi standartlarga nisbati va bir qancha shunga o‘xshash yo‘nalishlar inobatga olingan holda aniqlab olinadi. Bu borada qizlar o‘rtasida 55 kg vaznda belgiyalik Nina Sterx, yigitlar toifasida esa ikki jahon rekordi muallifi Bogdan Xoza musobaqaning eng yaxshi sportchisi deb topildi.

Shu tariqa, Irakliondagi chempionat yuqori natijalar bilan tarixda qoldi. Unda ishtirok etgan terma jamoamiz 12 mayga o‘tar kechasi 01:05 da Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bilan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 20:39, 11.05.2022.
O'qildi: 1340 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.