Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/03 01:00 Arsenal 2-2 PSV
13/03 01:00 Aston Villa 3-0 Bryugge
13/03 01:00 Atletiko 1-0 Real Madrid
14/03 19:30 Buxoro - Qizilqum
14/03 19:30 Neftchi - Qo‘qon-1912
15/03 00:45 Jenoa - Lechche
15/03 01:00 Las-Palmas - Alaves
15/03 17:55 Sho‘rtan - Bunyodkor
15/03 18:00 Valyadolid - Selta
15/03 19:00 Monsa - Parma
15/03 19:00 Udineze - Verona
15/03 19:30 Andijon - Nasaf
15/03 20:00 Everton - Vest Xem
15/03 20:00 Ipsvich - Nottingem Forest
15/03 20:00 Manchester Siti - Brayton
15/03 20:00 Sautgempton - Vulverhempton
15/03 20:15 Malyorka - Espanyol
15/03 20:15 Dinamo - Mash’al
15/03 22:00 Milan - Komo
15/03 22:30 Vilyarreal - Real Madrid
15/03 22:30 Bornmut - Brentford

"Real" Xolandni o‘z safiga qo‘shib olishni xohladi, lekin aniq taklif bilan chiqmadi: buning sababi nimada?

"Real" Xolandni o‘z safiga qo‘shib olishni xohladi, lekin aniq taklif bilan chiqmadi: buning sababi nimada?

Baho:
+ | -

Erling Xolandning kelajagi haqidagi doston yopildi. Norvegiyalik futbolchi "Manchester Siti" bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Garchi, "Real Madrid" Erlingga da’vogarlik qilgan bo‘lsa-da, futbolchiga aniq taklif bilan chiqmadi. Shu sabab bugun “qirollik klubi”ning nega bunday qarorga kelgani haqida biroz fikr yuritishni istadik.

Erling Xoland transfer oynasida eng ko‘p tilga olingan futbolchilardan biri bo‘ldi. O‘z tarkibini super to‘purar bilan boyitmoqchi bo‘lgan klublar talaygina edi: "Manchester Yunayted", "Barselona", “Man Siti”, “Real” va "Bavariya". Madrid klubi va futbolchi bilan bog‘liq ko‘plab mish-mishlar tarqalgan bo‘lsa-da, “Real” norvegiyalikka aniq taklif bilan chiqmagan. Ammo, Marca nashri xabariga ko‘ra, Xoland uchun kurashda aynan “qirollik klubi” “Manchester Siti”ning asosiy raqibi hisoblangan.

Ispaniya nashrining yozishicha, “Real” skautlari uzoq vaqtdan beri Xolandning o‘yinlarini yaqindan kuzatib kelgan. Norvegiyalik futbolchi o‘sha paytda "Molde" klubi sharafini himoya qilib kelgan. O‘shanda Norvegiya klubi “Real” futbolchini o‘z safiga taklif qilishini kutgan. Biroq, ispan klubi shoshmaslikka va hujumchi top darajaga chiqishini kutishga qaror qilishdi. Shu bilan birgan Xolandni Avstriya va Germaniya klublari ham yaqindankuzatishgan. So‘nggi kunlargacha Madrid klubi rahbariyati norvegiyalikni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini rad etmadi, biroq “qaymoqranglilar” Erlingga taklif bilan chiqishmadi. Buning faqat bitta sababi bor edi — Kilian Mbappe.

"Real Madrid" uchun "PSJ" futbolchisi doimo birinchi o‘rinda turgan. Madridda Mbappening kelishi jamoada jiddiy o‘zgarishlarga olib kelishini yaxshi bilishadi. Karlo Anchelotti aytganidek, hozirda "Real Madrid"ning tarkibi juda kamtarona va u yerda hech kim o‘zini boshqalardan ustun deb hisoblamaydi. Mbappening kelishi, bu holatni biroz o‘zgartirishiva rahbariyat fikricha, Xolandning kelishi, jamoadagi muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ayni paytda "Real Madrid"da Karim Benzema bor. U Mbappega moslashishda yordam berishi kerak. Madrid klubi rahbariyati Karimyana ikki yoki uch mavsum jamoada yuqori tempda o‘ynashiga ishonmoqda. Agar Mbappe Benzema bilan birga yaxshi tandem hosil qila olsa, Xoland ularga o‘rinbosar bo‘ladi. Shuningdek, "Real Madrid" safida Vinisius ham borligini unutmasligimiz kerak. Shuningdek, “Siti”ga qarshi o‘yinning qutqaruvchisi ham Rodrigoni ham yoddan chiqarish yaxshi emas.

Albatta, moliyaviy tomonda ham ko‘p gap bor. Xolandning Madrid klubiga kelishi, barcha komissiyalar, maoshlarni hisobga olgan holda taxminan 350 million yevroga tushishi mumkin edi. "Real Madrid" Beyl, Marselo, Isko bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda, ammo norvegiyalik va Mbappe bilan birga shartnoma imzolashi juda qiyin bo‘ladi. Bundan tashqari, Madridda o‘yinchilarning narxi bo‘yicha qat’iy qoidalar mavjud bo‘lib, ular hech qachon buzilmaydi.

Madridliklar Xoland transferini amalga oshirishdan cho‘chigan yana bir xavf – norvegiyalikning jarohati edi. Joriy mavsumda turli jarohatlar tufayli hujumchi 100 kunlarni o‘tkazib yuborgan, oldin esa bu sonlar 40 kunni tashkil qilgan. Qolaversa, bu tanaffus unga nisbatan qoidabuzarliklar ortidan emas, balki mushaklardagi turli jarohatlar sabab kuzatilgan.

"Real Madrid" oxirgi kunlargacha Xolandni sotib olish imkoniyatini rad etmadi. Biroq, norvegiyalik futbolchi Mbappe bilan o‘ynamasa, Madridga kelish, u uchun ortga tashlangan qadamga o‘xshaydi. Kilian bilan bog‘liq vaziyat hali to‘liq hal qilingani yo‘q, ammo “Real” klubi “PSJ” futbolchisi uchun oxirigacha kurashmoqchi.

Shu bilan birga, Marca Xolandning istagi haqida hech narsani ochiqlamagan. Norvegiyalik futbolchi dastlab "Siti"ga o‘tishni istagandek tuyuldi, shuning uchun u Madrid klubidan taklif kutmagan bo‘lishi mumkin. Balki Xolandning o‘zi bir paytlar otasi o‘ynagan “Manchester” uchun "Real"ning taklifini rad etishi ham mumkin edi.

Ammo, haqiqat shuki, "Real Madrid" Mbappega sabab Xolandga taklif bilan chiqmadi.

Kiritildi: 21:37, 11.05.2022.
O'qildi: 4478 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz