Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Inter" Perishichning gollari evaziga Italiya Kubogini qo‘lga kiritdi

"Inter" Perishichning gollari evaziga Italiya Kubogini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Rimdagi “Olimpiko” stadionida Italiya kubogi finalida “Yuventus” hamda “Inter” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlandi, Nikolo Barellaning goliga Aleks Sandro va Dushan Vlahovich javob berdi. Hakan Chalxanoglu 80-daqiqada penaltidan hisobni tenglashtirdi va o‘yinning asosiy vaqtida g‘olib jamoa nomi aniqlanmadi.

Ivan Perishich qo‘shimcha bo‘limlarda dubl qayd etdi va shu tariqa "Inter" Italiya Kubogini qo‘lga kiritdi.

Italiya Kubogi, final.

"Yuventus" – "Inter" 2:4

12 may, 00.00, «Stadio Olimpiko»

Gollar: 0:1 – 6 Barella, 1:1 – 50 Aleks Sandro, 2:1 – 52 Vlaxovich, 2:2 – 80, penalti Chalxanoglu, 2:3 – 99, penalti Perishich, 2:4 – 102 Perishich.

"Yuventus" – Perin, Danilo (Morata, 41), Kyellini (Artur, 84), de Ligt, Aleks Sandro (Pellegrini, 90), Kuadrado, Rabyo, Zakariya (Lokatelli, 67), Dibala (Kin, 100), Vlaxovich, Bernardeski (Bonuchchi, 67).

"Inter" – Xandanovich, Darmian (Dumfris, 63), de Vrey, D`Ambrozio (Dimarko, 63; Bastoni, 116), Shkrinyar, Perishich, Brozovich, Chalxanoglu (Vidal, 90), Barella, Djeko (Korrea, 63), Martines (Sanches, 90).

Ogohlantirishlar: Brozovich (55), Lokatelli (90), Vidal (119).

Kiritildi: 02:40, 12.05.2022.
O'qildi: 2455 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик