"Yuventus" vise-prezidenti Pavel Nedved hujumchi Paulo Dibala nima uchun jamoadan ketayotganini tushuntirdi.
“Biz futbolchini har tomonlama baholadik, u bizga maydonda va undan tashqarida nima berayotganini o‘rgandik, loyihamizga qo‘shgan hissasini ko‘rib chiqdik.
Ochig‘i, uning talablari juda yuqori va buni tushunish mumkin, chunki u ajoyib futbolchi. Ammo biz ularni qondirishga tayyor emasligimizni his qildik, shuning uchun bizning yo‘llarimiz ajralishi tabiiy. Lekin bu uning ajoyib futbolchi emasligini anglatmaydi” - dedi Nedved Sport Italia nashriga.